Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan agar Boku hududdagi armanlarning huquqlarini kafolatlasa, Yerevan Toğli Qoraboğni Ozarboyjonning bir qismi sifatida tan olişi mumkinligini aytdi. "Ozarboyjon hududining 86 ming 600 kvadrat kilometri Toğli Qoraboğni öz içiga oladi. Agar bir-birimizni töğri tuşunsak, Armaniston Ozarboyjon hududiy yaxlitligini körsatilgan çegaralar doirasida, Boku esa - Armanistonning 29 ming 800 kvadrat kilometr hududiy yaxlitligini tan oladi", - dedi u 22 may, duşanba kuni Yerevanda bölib ötgan matbuot anjumanida

“Şuni qayd etiş muhimki, Yerevan Toğli Qoraboğ armanlarining huquqlari va xavfsizligi masalalari Boku-Stepanakert muzokaralari formatida muhokama etilişi lozimligini e’lon qiladi”, — dedi Armaniston boş vaziri.

Şu bilan birga, Paşinyan öz mamlakatining Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT)dan çiqişi ehtimoli haqida ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, hozir bu masala muhokama qilinmoqda. "Men Armaniston de-yure KXŞTdan çiqişi yoki a’zoligini muzlatib qöyişi mumkinligini inkor eta olmayman. Lekin bu faqat KXŞT Armanistondan çiqqani qayd etilgan taqdirdagina sodir böladi", - dedi Paşinyan.

Şu bilan birga, Armaniston hukumati rahbari KXŞT kuzatuv missiyasi Armanistonga kelmayotganiga işora qildi. “KXŞTning Armanistondan çiqişi haqida gapirganda, men taşkilotning Armaniston oldidagi majburiyatlarini nazarda tutyapman”, - deya tuşuntirdi u. Bundan taşqari, Paşinyanning aytişiça, KXŞTga a’zo davlatning “heç narsa bermaydigan” rasmiy maqomi Yerevanda xavfsizlik masalalarini muhokama etişga tösqinlik qilmoqda. "Sizningça, bizga boşqa davlatlardan qurol-yaroğ va harbiy texnika oliş böyiça takliflar kelmadimi? Albatta, bunday imkoniyat bor edi, lekin bu imkoniyatning yopilişi asosan Armanistonning KXŞTga a’zo bölişi bilan boğliq böldi", — deya qöşimça qildi u.