Rossiyaning Belgorod oblastiga hujum 22 may kuni tongda çegaradagi Grayvoron rayoni va şu nomdagi nazorat-ötkaziş punkti yoppasiga öqqa tutilişi bilan boşlandi. Belgorod oblastiga diversiyada kamida 10 ta zirhli texnika iştirok etgan. RF mudofaa vazirligi bayonotlariga zid ölaroq, katta ehtimol bilan, diversantlar hali mamlakatdan töliq siqib çiqarilmagan. Tinç aholi va harbiylar orasida qurbonlar bor.
Rossiya mudofaa vazirligi Belgorod oblastiga hujumning ikkinçi kuniga kelib 22 may kuni oblastga «bostirib kirgan» «ukrain millatçi tuzilmalari tor-mor etilgani» töğrisida xabar berdi.
Bir kun oldin region rasmiylari Grayvoron şahar okrugi hududiga «Ukraina qurolli kuçlari diversiya-razvedka guruhi» kirgani haqida xabar bergandi. Glotovo, Kozinka va Gora-Podol aholi yaşaş manzillarida janglar ketayotgani aytilgandi. Bu aksiya uçun javobgarlikni «Rossiyaga ozodlik» regioni va «Rossiya köngillilar korpusi» öz zimmasiga olgandi — bu tuzilmalar bir yildan oşiq vaqtdan buyon Ukraina tomonida turib jang qilmoqda.
RF mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konaşenkov 23 may kungi brifingda ma’lum qilişiça, bostirib kirgan bölinmalar aviatsiya, artilleriya va Ğarbiy harbiy okrugning davlat çegarasini qöriqlaş otryadlari yordamida «bloklangan va tor-mor etilgan». «Millatçilarning qoldiqlari Ukraina hududiga siqib çiqarildi, u yerda ularni töliq yöq qiliş uçun zarbalar berildi», — degan Konaşenkov.
Uning sözlariga köra, 70 nafardan ortiq «ukrain terrorçilari» öldirilgan, şuningdek törtta zirhlangan maşinalar va beşta pikap yöq qilingan. Mudofaa vazirligi vakili «Artemovsk şahrida mağlubiyatga uçragan» Ukraina hukumati Belgorod oblastiga bostirib kirişga qaror qilganini qöşimça qilgan.
Vazirlik diversantlar pozitsiyalariga berilgan zarbalar aks etgan videoni namoyiş etgan, ammo bu video orqali nişonlar qay darajada yöq qilinganini baholab bölmaydi.
Belgorod oblasti gubernatori Vyaçeslav Gladkov hujumlar oqibatida tinç aholi vakillaridan 12 kişi yaralanganini ma’lum qilgan. Yana bir 80 yoşli ayol «evakuatsiya tadbirlari çoğida» avtobusda jon bergan. 22 may kuni oblast rahbari butun region böylab aksilterror operatsiyasi rejimi e’lon qilgandi.
23 may kuni Gladkov «hududni diversiya-razvedka guruhi kirişi oqibatlaridan tozalaş işlari davom ettirilayotgani»ni aytdi va evakuatsiya bölgan aholini hozirça qaytmaslikka çaqirdi. Uning ma’lumotiga köra, bir kun içida töqqizta aholi yaşaş manzili evakuatsiya qilingan: bular Grayvoron, Novostroyevka, Gorkovskiy, Bezimeno, Mokraya Orlovka, Glotovo, Gora-Podol, Zamoste, Spodaryuşino.




















