Bu yerda muhim bir jihatni unutmaslik lozim: Singapurda prezident mutlaq hokimiyatga ega emas. Boşqaruvning asosiy riçaglari boş vazir qölida va prezident köproq ramziy rahbar hisoblanadi. Ammo bu Singapur davlati öz prezidentiga samolyot olib berişga qodir emas, degan ma’noni anglatmaydi. Singapur şu qadar boy davlatki, istasa har bir amaldoriga alohida samolyot ajratişi mumkin. Lekin prezident Halima Yoqubning özi an’analarga amal qiladi va ortiqça xarajatlardan qoçadi.

Katta vakolatlarga ega bölmasa-da, prezidentning mamlakatdagi nufuzi juda yuqori. Garçi iqtisodiyot va kuçişlatar tizimlar faoliyatiga bevosita aralaşmasa-da, taşqi siyosat, içki osoyiştalik, fan, ta’lim, dinlararo munosabatlarni mustahkamlaş, madaniyat va san’at kabi yönalişlarda uning örni beqiyos. Ma’lumki Singapur aynan ilm-fan ortidan taraqqiyotga erişgan davlat hisoblanadi.

Singapur:

  • Aholisi: 5,8 mln;
  • Hududi 734,3 km² (jahonda 171-örin);
  • YaIM 400 mlrd dollar atrofida;
  • Jon boşiga YaIM 73 ming dollar atrofida (jahonda kuçli beşlikda);
  • Işsizlik 1 foizgaça.

Kambağallikdan çiqqan prezident

Dunyoda noçor oilalarda ulğaygan davlat rahbarlari köp. Ammo ular orasida Halima Yoqubning örni bölakça. Uning otasi Yoqub hind musulmoni bölib, qorovullik qilib kun keçirgan. Onasi esa malay millatiga mansub ayol bölgan. Qizaloq 8 yoşligida otasi yurak xurujidan vafot etadi. Qorovullik ortidan haminqadar ötib turgan rözğorlarini tebratiş qiyin bölib qoladi.

Onasi beş farzandini boqiş uçun köçada taom sotib kun köra boşlaydi. Halima onasiga bu işda kömaklaşadi. Halima Yoqub özining yoşlik yillari haqida şunday deydi: «Ön yoşimdan boşlab, maktabdan böş vaqtlarimda onamga yordamlaşişga majbur bölganman, stollarni artiş, idişlarni yuviş, tozalaş, kelganlarga xizmat körsatiş kabi işlarni yaxşi uddalay olganman. Men özim kambağallikda hayot keçirdim, yaşaş uçun kuraş qançalik qiyinligini juda yaxşi bilaman va haşamatga öçlik menga begona».

Halima Yoqub xonim din ahkomlariga töliq rioya qiladi va özga din vakillariga ham gözal munosabat körsatadi. U özining yordamçilari bilan işxonasi yonidagi masjidning ayollar uçun ajratilgan bölimda beş vaqt namoz öqiydi.

Siyosat sari qadamlar

Yöqçilik sabab maktabga borişda qiyinçiliklarga uçragan bölsa-da, qizaloq öqişga uquvli çiqadi. U fanlarni juda yaxşi özlaştiradi va maktabni imtiyoz bilan tamomlaydi.