2023 yilning yanvar-aprel oylarida Özbekiston eksportida yuqori uluşga ega bölgan hamkor davlatlar töğrisida ma’lumot berildi.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga köra, körsatilgan davrda Özbekiston eksportida eng yuqori körsatkiç Rossiya bilan qayd etilgan – 789 mln dollar.
Undan keyingi örinlardan mos ravişda 591 mln hamda 450 mln dollar mahsulotlar eksport qilingan Xitoy va Turkiya joy oldi.
Uşbu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça körinişga ega:
— Qozoğiston – 427 mln;
— Afğoniston – 257,3 mln;
— Qirğiziston – 236 mln;
— Tojikiston – 175,3 mln;
— Fransiya – 120,3 mln;
— BAA – 72 mln;
— Eron – 67 mln AQŞ dollari.
Bundan oldin Özbekiston taşqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar töğrisida ma’lumot berilgandi.
2023 yilning yanvar-aprel oylarida Özbekiston taşqi savdo aylanmasida yuqori uluşga ega bölgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakçilik qilyapti – 3,3 mlrd dollar.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga köra, keyingi örinlardan savdo aylanmasi mos ravişda 2,9 mlrd hamda 1,5 mlrd dollarni taşkil qilgan Rossiya va Qozoğiston joy oldi.
















