Rossiya özining yadroviy qurolini (YaQ) Belarusda joylaştiriş böyiça rejalarini amalga oşirmoqda. 25 may, payşanba kuni ikki davlat mudofaa vazirlari Sergey Şoygu va Viktor Xrenin Minskda «Rossiyaning strategik bölmagan yadro qurollarini Belarus Respublikasi hududidagi maxsus omborda saqlaş tartibini belgilovçi hujjatlarni» imzoladilar, deb xabar beradi Belarus Mudofaa vazirligi.
Şoyguning sözlariga köra, Rossiya va Belarus tomonidan amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar «barça mavjud xalqaro-huquqiy majburiyatlarga mos keladi». Uning ta’kidlaşiça, Rossiya Belarus hududida strategik bölmagan yadro qurollarini joylaştirgan holda, ularni Minskka ötkazmaydi, yadroviy qurollar ustidan nazorat va ulardan foydalaniş böyiça qaror Moskvada qoladi.
Bundan taşqari, vazirlar öz idoralari örtasidagi «harbiy-siyosiy vaziyat va harbiy-texnik hamkorlik masalalarini muhokama qildilar». Sergey Şoygu Ğarbni Rossiya va Belarusga qarşi «e’lon qilinmagan» uruş olib borayotganlikda aybladi.
25 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Minsk iltimosiga binoan Rossiya özining taktik yadro qurolini (TYaQ) Belarusda joylaştirişini ma’lum qildi va Qöşma Ştatlar uzoq vaqtdan beri ittifoqdoş davlatlar hududida ham xuddi şunday yöl tutib kelayotganini ta’kidladi. Belarusda TYaQ uçun saqlaş ombori qurilişi 1 iyulga qadar yakunlanişi rejalaştirilgan.
Moskva Minskka yadroviy qurol taşuvçisi böla oladigan «Iskandar» raketa tizimini allaqaçon topşirgan va Belarus samolyotlarini maxsus öq-dorilardan foydalaniş uçun qayta jihozlaşda yordam bergan. Belarus harbiy xizmatçilari Rossiyada tegişli tayyorgarlikdan ötgan.

















