Özbekistonda davlat taşrifi bilan bölib turgan Singapur prezidenti Halima Yoqub 25 may kuni Samarqandga bordi.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berişiça, oliy martabali mehmon Afrosiyob tezyurar poyezdida qadimiy şaharga yetib kelgan. Unga Özbekiston boş vaziri örinbosari Zulayho Mahkamova hamrohlik qilmoqda.

Vokzalda Singapur prezidentini viloyat hokimi Erkinjon Turdimov kutib olgan.

ÖzA xabariga köra, Singapur prezidenti Samarqand bilan tanişuvni ziyoratdan boşlaş maqsadida Imom Buxoriy majmuasi tomon yöl olgan.

Eslatib ötamiz, Singapur prezidenti 23 may kuni Qozoğiston poytaxti Ostona şahridan Toşkentga Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining muntazam reysi orqali uçib kelgandi.

24 may kuni Halima Yoqub Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan muzokara ötkazgan va ikki davlat biznes-forumining oçilişida iştirok etgandi.