Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Moskvadagi forumda sözlagan nutqida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasida Rossiya va Belarus ittifoq davlati mavjudligini, biroq “integratsiyaning boşqa darajasi” - Qozoğiston, Qirğiziston va Armaniston ham borligini aytdi.
“Bizda YeOIIda ittifoq davlati bor, ya’ni jahon siyosiy tarixida noyob pretsedent yaratildi yoki fenomen - “ikki davlat – bir mamlakat” formulasi böyiça davlatni yaratiş hodisasi, yagona siyosiy, huquqiy, harbiy, iqtisodiy, valuta, madaniy, humanitar makoni bilan. Yagona ittifoq hukumati, yagona ittifoq parlamenti, hatto yadro quroli ham hozir ikkita davlatga bittadir”, — dedi Töqayev Moskvadagi Yevrosiyo iqtisodiy forumi yiğilişida.
Şu bilan birga, Töqayev YeOIIda Qozoğiston, Qirğiziston va Armaniston bölgan “yana bir integratsiya darajasi” mavjud ekanligini ta’kidladi. “Biz bu haqiqatni hisobga olişimiz kerak. Bunday şaroitda qanday işlaşimiz - konseptual masala. Öylaymanki, bu muammoni muhokama qilişimiz kerak”, — deya xulosa qildi Qozoğiston prezidenti.
2022 yilning yozida Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida sözga çiqqan Töqayev özini mustaqil deb e’lon qilgan "DXR" va "LXR"ni “kvazi-davlat hududlari” deb atadi, şuningdek, Qozoğiston Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini tan olmagani kabi, ularning mustaqilligini ham tan olmasligini qöşimça qildi.

















