«Rossiyaga ozodlik» va «Rossiya köngillilar korpusi» (RKK) Belgorod oblastidagi amaliyot çoğida öz bölinmalaridan jami 12 kişi safdan çiqqani, şundan 10 nafari yaradorlar ekanini ma’lum qilişdi. Bu haqdagi bayonot Sumi oblastida jurnalistlar uçun ötkazilgan matbuot anjumanidan keyin «Rossiyaga ozodlik»ning telegram-kanalida berilgan.
«Operatsiyadagi jami yöqotişlar ikki qurbon va ön yaradordan iborat böldi. Ğalaba qozona olmaydigan va şuning uçun bizning katta yöqotişlarimiz haqidagi raqamlarni çizadigan propagandaçilarning ikkiyuzlamaçi gaplariga ters ölaroq», — deyiladi legion matbuot xizmati xabarida. Avvalroq RF mudofaa vazirligi «bosqin»ning 70 dan ortiq iştirokçisi öldirilganini xabar qilgandi.
Bundan taşqari, bölinma matbuot xizmati «Rossiyaga ozodlik» legioni va RKK «köp miqdordagi texnikalarni ölja qilgani va asir olgani» haqida ma’lum qilgan. Şuningdek, press-relizda aytilişiça, legion va RKK jangçilari Rossiya hududida rossiyalik harbiylar Baxmutda Ukraina qurolli kuçlaridan olib qöygan texnikalardan foydalanganini ma’lum qilgan. «Biz bu texnikalarni muvaffaqiyat bilan «qayta ölja qildik» va ortga qaytardik», — deyiladi xabarda.
Qolaversa, «Rossiyaga ozodlik» legioni rossiyalik harbiylarni Belgorod oblasti şaharlarini öqqa tutişda ayblagan: «Biz Putin qöşinlarining vijdonsizligi va şafqatsizligiga guvoh böldik: legionerlar mahaliliy aholiga tegmasdan, yaşaş manzillari atrofidan ötayotganida, RF qurolli kuçlari stvolli artilleriyasi va aviatsiyasi tinç şaharlar böylab işladi».
Öz navbatida «operatsiya» iştirokçilaridan biri «Novaya gazeta Yevropa» naşriga bergan intervyusida rossiyalik harbiylar «nafaqat RKK va «Rossiyaga ozodlik» legioni jangçilari turgan çekkalarni, balki bölinma jangçilari egallab olgani taxmin qilingan binolarni ham öqqa tutgan.
- Belgorod oblasti hukumati 22 may kuni Grayvoron şahar okrugidagi qişloqlarga «Ukraina qurolli kuçlari diversiya-razvedka guruhlari» kirgani haqida xabar bergandi. Telegram-kanallar Glotovo, Kozinka va Gora-Podol aholi yaşaş manzillarida bölib ötgan janglar haqida xabar bergan.
- Bu aksiya uçun javobgarlikni «Rossiyaga ozodlik» legioni va «Rossiya köngillilar korpusi» öz zimmasiga olgan — bular Ukraina qurolli kuçlari tomonida turib jang qilayotgan bölinmalardir. Keyinroq The New York Times naşri Rossiya hududiga kirib kelgan bölinmalarning yöqotişlari «arzimas» darajada bölgani haqida xabar berdi.
- Ukraina prezidenti ofisi maslahatçisi Mixaylo Podolyak vaziyat yuzasidan bergan izohida «Ukraina Rossiyaning Belgorod oblastida röy berayotgan voqealarni qiziqiş bilan kuzatayotgani va vaziyatni örganayotgani, ammo unga töğridan töğri aloqador emasligi»ni ma’lum qilgan.


















