“Umuman olganda, aloqa guruhi Ukrainaga xavfsizlikni ta’minlaş uçun 65 milliard dollar yordam berişga va’da qildi”, — dedi u aloqa guruhining onlayn yiğilişida. 

U tez orada ukrainalik uçuvçilarni F-16 qiruvçi samolyotlarini boşqarişga örgatiş boşlanişiga umid bildirdi. Uning sözlariga köra, bu "yaqin haftalarda" boşlanişi mumkin.

NATO davlatlari Ukraina bilan şartnoma loyihasini işlab çiqmoqda, unga köra Kiyev uzoq muddatli asosda Ğarb qurollari va harbiy texnologiyalarini oladi, dedi Polşa prezidenti Anjyey Duda 22 may kuni Amerikaning The Wall Street Journal gazetasiga bergan intervyusida. 

WSJ ta’kidlaşiça, AQŞ prezidenti Jo Bayden va Ğarb boşqa yetakçilari avvalroq NATO-Ukraina munosabatlari AQŞ-Isroil xavfsizlik munosabatlaridan namuna olişi mumkinligini aytişgan. 

Hozirda Qöşma Ştatlar va Isroil örtasida ön yil davomida Isroilga köp milliard dollarlik Amerika qurollarini yetkazib berişni nazarda tutuvçi kelişuv mavjud. Şu bilan birga, u taşqi tajovuz sodir bölgan taqdirda AQŞning Isroilga yordam körsatiş majburiyatini anglatmaydi.