Bilimni baholaş agentligi tomonidan 2022 yil 28 oktyabrda abituriyentlar test sinovlariga tayyorgarlik körişlari uçun tavsiya etilgan darsliklar va öquv adabiyotlar röyxati e’lon qilindi.

Huquqşunoslik fanlari böyiça tavsiya etilgan darsliklar röyxatida Özbekiston Konstitutsiyasi ham mavjud bölib, unda qonunçilik hujjatlariga özgartiriş kiritilgan taqdirda qonunçilikning asl manbaiga murojaat qilinişi belgilangan.

2023 yil 30 aprel kuni ötkazilgan referendum natijalariga köra Özbekiston Respublikasining «Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi töğrisida» konstitutsiyaviy qonuni qabul qilindi.

Agentlikning ma’lum qilişiça, 2023 yil 22-23 may kunlari Maktabgaça va maktab ta’limi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari tomonidan tavsiya etilgan huquqşunoslik fanlari böyiça ta’lim beruvçi mutaxassislar iştirokida yiğiliş ötkazildi.

Unda huquqşunoslik fanidan test topşiriqlarini şakllantiriş masalasi muhokama qilinib, test topşiriqlari öquv dasturlariga kiritilgan mavzular doirasida qonunçilik hujjatlariga kiritilgan özgarişlarni inobatga olgan holda amaldagi qonunçilik hujjatlari, jumladan, yangi tahrirdagi Özbekiston Konstitutsiyasi asosida şakllantirilişi maqsadga muvofiq, deb topildi.

«Yurisprudensiya» ta’lim yönalişiga öqişga kiriş istagida bölgan abituriyentlar test sinovlariga amaldagi qonunçilik hujjatlari, şu jumladan, yangi tahrirdagi Özbekiston Konstitutsiyasi asosida tayyorgarlik körişlari lozimligi ma’lum qilindi.