25 may, payşanba kuni Germaniya, Daniya va Şvetsiyaning Moskvadagi elçilari Rossiya Taşqi işlar vazirligiga çaqirilib, ularga 2022 yil sentabr oyida sodir bölgan "Şimoliy oqim" va "Şimoliy oqim 2" gaz quvurlaridagi portlaşlar böyiça milliy tergov natijalari RFga berilmagani sababli norozilik bildirildi.

“Germaniya, Daniya va Şvetsiya rasmiylarining bu holatda Rossiya tomoni bilan hamkorlik qilişdan boş tortgani, Rossiya federatsiyasi boş vaziri Mixail Mişustinning uşbu davlatlar hukumat rahbarlariga yöllagan xabariga javoblarning yöqligi qabul qilib bölmas holatdir. Rossiya elçixonalarining bu boradagi eslatmalari e’tiborsiz qoldirilgan. Rossiya hukumati vakillari va "Gazprom" vakillari iştirokida keng qamrovli va oçiq tergov ötkaziş zarur", deyiladi Rossiya TIV saytida.

Şu bilan birga, Rossiya rasmiylari Berlin, Stokholm va Kopenhagenni qöporuvçilikning asl holatlarini aniqlaşdan "manfaat yöqligi", vaqtni çöziş va "jinoyat izlari va haqiqiy aybdorlarini yaşirişga" urinişlari uçun qoraladi.

“Ommaviy axborot vositalariga vaziyatni çalkaştirib yuboriş istagida ma’lumotlar “sizdirilişi” bejiz emas”, - deb hisoblaydi Moskva.