Xitoy gazni Turkmanistondan olişni afzal körib, Rossiyadan gaz yetkazib berişga möljallangan «Sila Sibiri – 2» gaz quvuri qurilişini atayin çözişi mumkin. Bu haqda Reuters yozdi. Xitoyning «Sila Sibiri – 2» gaz quvuri qurilişini keçiktirişga tayyorligini Financial Times ham öz manbalariga tayanib tasdiqlagan.

Rossiya 7 yildan beri ilgari surayotgan 50 mlrd kubometr quvvatli «Sila Sibiri - 2» loyihasi örniga Xitoy Turkmaniston gazini eksport qilişga möljallangan yangi quvurga ustunlik bermoqda.

Garçi, turkman gazi rossiyanikidan 30 foizga qimmatroq bölsa-da, Pekin yiliga 30 mlrd kub metr import qilinadigan «Turkmaniston-Özbekiston-Qirğiziston-Xitoy» gaz quvurining D (törtinçi) liniyasi qurilişi loyihasiga yaşil çiroq yoqdi.

«Markaziy Osiyo quvurlari Xitoyning energetika va geosiyosiy makoniga asosiy sarmoya sifatida qaraladi. Bu strategik ahamiyatga ega ta’minot zanjiri bölib, tijorat jihatlaridan ustun turadi», dedi ismini oşkor etmagan xitoylik rasmiy Reuters agentligiga.

Britaniyaning Financial Times gazetasi ma’lumotlariga köra, Xitoy Möğuliston orqali Rossiya gazini yetkazib berişni ta’minlaydigan «Sila Sibiri - 2» quvuri qurilişi böyiça muzokaralarni çözadi. Yaqinda boş vazir Mixail Mişustinning Xitoyga taşrifi davomida uşbu gaz quvuri böyiça aniq majburiyatlar haqidagi hujjat imzolanmay qolgan. Xitoy Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti çözilib ketgani bois, loyihani amalga oşirişga şoşilmayapti.