Prezident administratsiyasi şu’ba mudiri Saida Mirziyoyeva Toşkentning Yangihayot tumanida 12 yoşli qizçani vahşiylarça öldirgan xavfli retsidivist jinoyatçi umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganiga munosabat bildirdi.
“Ha, bu jazo qizaloqning ota-onasi tortayotgan azoblarni yumşatmaydi, yöqotişlar örnini qoplay olmaydi. Ammo bu – jamoatçilik nazorati ostida qabul qilingan adolatli sud qaroridir. Heç qanday zöravonlik jazosiz qolmasligi kerak. Qonunlar nafaqat jazolaş, balki bunday dahşatli jinoyatlarning oldini oliş uçun ham işlaşi kerak”, – deya yozdi Mirziyoyeva öz Telegram-kanalida.
Bugun, 26 may kuni jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tumani sudi qizaloqni avvaliga zörlab, keyin öldirgan qotilga umrbod ozodlikdan mahrum etiş jazosini tayinladi.
U Jinoyat kodeksining ma’muriy nazorat qoidalarini buziş, nomusga tegiş, qasddan odam öldiriş va boşqa moddalarida aybdor deb topildi. Sudlanuvçi öta xavfli retsidivist deya belgilandi.
Jamoatçilikni junbuşga keltirgan voqea şu yil 31 yanvarida Toşkentning Yangihayot tumanida röy bergan edi. Maktabga ketgan qiz uyiga qaytib kelmagandi. Keyinroq ma’lum bölişiça, qotil uning qöşnisi bölgan, qiz yaşagan uyda muqaddam ustaçilik qilgan.

















