16:57 / 27.05.2023
85173

Kelasi oy o‘zbekistonliklarni uzun dam olish kunlari kutmoqda

Iyun oyining oxirida O‘zbekiston aholisi ketma-ket kamida uch kun, ko‘pi bilan besh kun dam oladi.

Foto: Getty Images

Avvalroq 2023 yilda Qurbon hayiti 29 iyun (payshanba) kuni nishonlanishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Biroq, endi turli manbalarda sanalar turlicha berilmoqda - 28 iyundan 30 iyungacha.

Keyinroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo markazida 2023 yilda respublikada Qurbon hayitini nishonlashning eng ehtimoliy sanasi 28 iyun ekanligiga aniqlik kiritildi.

Mart oyida Tatariston raisi Rustam Minnixonov 2023 yilda Ramazon va Qurbon hayitlari nishonlash sanalarini belgilash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Tataristonda Qurbon hayiti 28 iyun kuni nishonlanadi. Qozog‘istondan ham shunga o‘xshash ma’lumot kelgan.

Prezidentning 20 apreldagi qaroriga binoan, ish haftasi turidan qat’i nazar, 30 iyun (juma) barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni deb e’lon qilindi. Bundan tashqari, 6 kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan ishchilar uchun 1 iyul (shanba) qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi. 

Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib, O‘zbekiston aholisi Qurbon hayitida ketma-ket kamida uch kun dam oladi, degan xulosaga kelish mumkin (hujjatga ko‘ra): 

- 30 iyun (juma) - ish haftasi turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni; 
- 1 iyul (shanba) - 6 kunlik ish haftasi bo‘lgan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 2 iyul (yakshanba) - taqvim bo‘yicha dam olish kuni.

Ammo Qurbon hayiti 29 iyun (payshanba) kuni nishonlanadigan bo‘lsa, o‘zbekistonliklar to‘rt kun, agar 28 iyun kuni nishonlansa - ketma-ket besh kun dam olishadi. 

Aniq sana bayramga yaqin belgilanadi. Qonunchilikka ko‘ra, bayram kuni bir kunga kechiktirilishi mumkin. 

Mavzuga oid
Top