Rossiya rasmiylariga köra, Aleksey Navalniy qamoqda bölgan vaqtida sodir etgan jinoyatlar böyiça sud 31 may kuni boşlanadi. Rossiyalik muxolifatçi 26 may, juma kuni Twitter’da Boş prokuratura unga 3828 sahifali ayblov xulosasini taqdim etganini aytdi.
Şu bilan birga, ayblovlarning mohiyatini "aniqlab bölmayapti", çunki koloniya ma’muriyati işni olib qöygan, deb yozadi siyosatçi. "JIZOda bu taqiqlangan narsa", deb tuşuntirdi u. “Sizni nimada ayblaşayotganini faqat hukm çiqarilgaç bilib olasiz”, deya kinoya qildi muxolifatçi.
Siyosatçining sözlariga köra, yangi ayblovlar böyiça u 30 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin. Navalniy 2022 yil oktyabrida “terrorizmni tarğib qiliş”, “ekstremistik faoliyatni moliyalaştiriş” va “natsizmni reabilitatsiya qiliş” moddalari böyiça yangi iş qözğatilganini ma’lum qildi.
2023 yil aprelida “terrorizm” moddasi böyiça iş mavjud bölganidan – “ekstremizm” moddasi böyiça işdan ajratilgani ma’lum böldi.
25 may kuni materiallar Moskva şahar sudiga kelib tuşgan. Hammasi bölib, öşa paytda gap Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining oltita moddasi haqida ketayotgan edi.

















