Bugun, 27 may kuni soat 15:25 larda A-373 avtomobil yölining Qamçiq dovoni 250-kilometrida «Toşkent-Vodiy» yönalişida harakatlanib ketayotgan «Isuzu» yuk avtomaşinasining tormoz qismi işlamay qolgan.

Uşbu holat oqibatida haydovçi boşqaruvni yöqotgan va şu yönalişda turgan Kia, «Damas» va 2 ta «Kobalt» avtomaşinalariga urilib, ovqatlaniş maskani hududidagi favvoraga borib tuşgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, yöl-transport hodisasi oqibatida bir nafar fuqaro vafot etgan va uç nafar fuqaro tan jarohati bilan Pop tumani şifoxonasiga yuborilgan.

Voqea joyiga FVV qutqaruvçilari va tegişli taşkilotlar vakillari yetib borgan. Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi suriştiruv işlari olib borilmoqda.