Gaz, neft, kömir – işlab çiqariş qanday özgardi?
Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, 2023 yilning 4 oyida gaz qazib çiqariş kamaygan. Yil boşidan aprel oxirigaça 16,2 mln kub metr gaz qazib olingan, bu – ötgan yilning mos davriga nisbatan 9,5 foizga kam.
Gaz kondensati işlab çiqarişda ham pasayiş bölgan: yanvar–aprel oylarida 423 ming tonna gaz kondensati işlab çiqarilgan, bu bir yil oldingiga nisbatan 7,7 foizga kam degani. Kömir bilan ham holat şunday, işlab çiqariş 7,4 foizga kamaygan. Faqatgina neftda biroz siljiş bor – ötgan yilning tört oyiga nisbatan 4,3 foiz köproq – 258,5 ming tonna neft işlab çiqarildi.
Ayni paytda, Özbekiston Xitoyga gaz eksportini davom ettirayotgani ma’lum böldi. Aprelda Özbekiston Xitoyga 40,5 mln dollarlik gaz sotgan. Özbekistondan Xitoyga gaz eksporti oxirgi marta ötgan yili dekabrda röy bergandi.
Gaz va elektr narxlarini liberallaştiriş dasturi qabul qilinadi
Içki bozorda esa gaz va elektr narxlarini liberallaştiriş dasturi sentabrgaça qabul qilinişi mumkin. Bu haqda energetika vaziri örinbosari Azim Ahmedxöjayev ma’lum qildi.
“Hozirda har bir korxona uçun gaz va elektr energiyasiga bitta tarif belgilangan. Şuning uçun biz ularni ajratib, Özbekistondagi har bir sub’yekt, har bir biznes va jamiyat qatlamiga alohida yondaşmoqçimiz”, dedi vazir örinbosari.
Ötgan yili 1 iyuldan aholi uçun bazaviy tariflarni 10 foizga oşirib, tabaqalaştirilgan tariflarga ötiş rejalaştirilgan, lekin bu amalga oşmay qolgandi. Tariflarni tabaqalaştiriş – iste’molçilarni tejaşga majbur qilişi bilan birga, nisbatan badavlat va eng köp energiya sarflaydigan aholi qatlamiga budjetdan subsidiya tölaşni qisqartiriş imkonini berişi közda tutilgan.
Iqtisodçilar elektr uzilişlari va gaz öçişlari böyiça muammolarni tubdan hal qiliş uçun oçiq va raqobatli energetika bozorini taşkil etiş kerakligini aytib keladi.
















