Halima Yoqub Markaziy Osiyoga kelgan birinçi Singapur prezidenti böldi. U 21-23 may kunlari Qozoğistonga davlat taşrifini amalga oşirdi va 23 may kuni Uzbekistan Airways'ning doimiy reysi (HY722) orqali Ostonadan Toşkentga yetib keldi.

Taşrifning asosiy tadbirlari, jumladan, prezident Şavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar va ikki mamlakat biznes-forumi 24 may kuni Toşkentda bölib ötdi. 25 may kuni Halima Yoqub «Afrosiyob» tezyurar poyezdida Samarqandga bordi.

Wikipedia'da yozilişiça, Singapur prezidenti, boş vaziri va rasmiy şaxslari odatda safarlar uçun doimiy yölovçi reyslarga çiqişadi. Ular asosan milliy Singapore Airlines aviakompaniyasi xizmatlaridan foydalanadi, yönalişga qarab boşqa taşuvçilarning muntazam reyslarida ham uçişadi.