30 may kuni tongda Moskvada dronlar hujumi kuzatildi. Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobyanin xabar qilgan. Uning sözlariga köra, bir neça binolar «arzimas darajada şikastlangan». 

«Bugun erta tongda uçuvçisiz uçar qurilmalar hujumi natijasida bir neça binolar kiçik şikastlanişlarga uçradi. Şahardagi barça favqulodda xizmatlar voqea joyida işlamoqda. Ular hodisa tafsilotlarini örganişmoqda. Ayni vaqtda heç kim jiddiy şikastlanmagan. Sizdan faqat rasmiy manbalarga tayaniş va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni sörayman», — deyilgan Moskva meri xabarida. 

Sobyanin şuningdek dronlar urilişidan şikastlangan uylar aholisi favqulodda xizmatlar işi vaqtida xavfsizlik nuqtayi nazaridan evakuatsiya qilinganini ma’lum qildi. Moskva meri aynan qaysi uylar zarbaga uçraganiga aniqlik kiritmagan.

RIA Novosti favqulodda xizmatlardagi manbasiga tayanib xabar berişiça, dronlardan biri Profsoyuznaya köçasi, 98-uyga kelib urilgan. Natijada uyning fasad qismi vayron bölgan, oynalar tökilib tuşgan. 

Ikkinçi dron Novaya Moskvadagi Atlasova köçasida joylaşgan 24 qavatli turar joy binosiga zarba bergan.

Moskva oblasti gubernatori Andrey Vorobev Moskvaga uçayotgan bir neça dron urib tuşirilganini xabar qilgan.

«Bugun tongda Moskva oblastining bir qança rayonlari aholisi portlaşlar ovozini eşitgan bölişi mumkin — bizning havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz işlamoqda. Moskvaga uçayotgan bir qança uçuvçisiz uçiş qurilmalari urib tuşirildi. Aholidan xotirjamlikni saqlaşni sörayman. Barça favqulodda xizmatlar işda. Qöşimça ma’lumot beramiz», degan u.