Rossiya poytaxti Moskva şahridagi turar joy binolari 30 may tongida dronlar hujumiga uçradi. Dronlardan biri Profsoyuznaya köçasidagi uyga, ikkinçisi Novaya Moskvadagi Atlasova köçasidagi uyga urilgan. Dron Profsoyuznaya köçasidagi 98-uyning yuqori qavatiga urilgan, uy fasadi vayron bölgan va oynalari singan, uçta pod’yezd aholisi evakuatsiya qilingan. Atlasova köçasida uçuvçisiz uçar qurilma kelib tuşişi oqibatida ham uy fasadi şikastlanib, yuqori qavatlarda derazalar sinib ketgan.
Favqulodda xizmatlar Leninskiy prospektidagi uylardan biriga ham yetib kelgan, bu yerga ham dron kelib tuşgani taxmin qilingan. 112 manbasi xabar berişiça, Leninskiy prospektidagi uyga dron qulaşi oqibatida jabrlanganlar bor, ularning soniga aniqlik kiritilmoqda. Moskva transport departamenti xabar qilişiça, Udalsova köçasining Leninskiy prospektidan Mixail Pevsov köçasigaça bölgan qismi yopib qöyilgan.

Moskva meri Sergey Sobyanin uçuvçisiz uçar qurilmalar hujumi oqibatida şaharda bir neça binoda şikastlanişlar qayd etilganini xabar qilib, «heç kim jiddiy jarohatlanmagani»ni ma’lum qilgan. «Şaharning barça favqulodda xizmatlari voqea joyida. Ular hodisa tafsilotlarini örganmoqda, — deya yozgan Sobyanin. — Sizdan faqat rasmiy manbalarga tayaniş va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni sörayman». Keyinroq Sobyanin qöşimça xabar berib, ikki kişi tibbiy yordam sörab murojaat qilganini aytdi. Uning sözlariga köra, ularning ikkisini ham şifoxonaga yotqizişga hojat bölmagan va ularga voqea joyida zarur yordamlar körsatilgan.
Moskva oblasti hududida bir qança dronlar urib tuşirilgan. «Dojd» xabariga köra, Odinsovo va Krasnogorsk rayonlarida, şuningdek Novorijskoye va Rublevskoye şosselari hududlarida portlaş ovozlari eşitilgan. Moskva oblasti gubernatori Andrey Vorobevning xabar qilişiça, Moskvaga uçib borayotgan dronlarning bir neçtasi urib tuşirilgan. «Bugun tongda Moskva oblastining ayrim rayonlari aholisi portlaşlar ovozini eşitgan bölişi mumkin — bizning havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz işlamoqda. Moskvaga uçayotgan bir qança uçuvçisiz uçiş qurilmalari urib tuşirildi. Aholidan xotirjamlikni saqlaşni sörayman», — deya yozgan Vorobev.




















