Ötgan yil oxirida Sirdaryo viloyatining Guliston tumanidagi maktabga boriş uçun Sirdaryoni qayiqda suzib ötadigan 12 yaşar Zamira Töyçiyeva internetda maşhur bölib ketgan edi. Kun.uz holat haqida reportaj tayyorlagandi.
Öşanda Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev qizning maktabiga borib, unga noutbuk va kitoblar sovğa qilgan, onasi bilan gaplaşib, Zamiraning puxta bilim olişi uçun barça yordamni körsatişini aytgandi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmatining xabar berişiça, 5-sinfni tamomlagan qiz endi har kuni daryoni keçib maktabga bormaydi. Viloyat hokimining taklifiga köra, u yangi öquv yilidan boşlab Guliston Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazida akademik eşkak eşiş yönalişida öqişni davom ettiradigan böldi.
“Markazda yotoqxona va 4 mahal bepul ovqat bilan ta’minlanadi. Şuningdek, böş vaqtlarida unga Yoşlar markazida dasturlaş hamda IT-sohasini örganişi uçun şaroit yaratib beriladi”, deyiladi xabarda.

















