«Bugun biz Moldovada ishlayapmiz, — deb yozgan Zelenskiy telegramda. — Ko‘plab ikki tomonlama uchrashuvlar rejalashtirilgan». Ukraina prezidentining aytishicha, Ukraina «qiruvchilar koalitsiyasi»dan tashqari ittifoqchilarga « Patriot zenit-raketa tizimlari koalitsiyasini» taklif qilmoqchi. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi va NATO bilan Ukraina «tinchlik formulasi» bo‘yicha hamkorlikni muhokama qilish rejalashtirilgan. «Hamma narsa kelajagimizni himoya qilish uchun», - dedi Zelenskiy.

Zelenskiyning Kishinyovga tashrifi rejalari xavfsizlik nuqtayi nazaridan so‘nggi daqiqagacha oshkor etilmadi.

Kishinyovdagi sammit - Yevropa siyosiy hamjamiyati tarixidagi ikkinchi shunday tadbir. Moldova poytaxtida uning o‘tkazilishi munosabati bilan xavfsizlik choralari kuchaytirildi va NATO aviatsiyasi osmonni himoya qilishga jalb qilindi (u Moldova havo hududiga kirmaydi).