Ukraina tomonida turib jang qilayotgan «Rossiya köngillilar korpusi» va «Rossiyaga ozodlik» legioni 1 iyun tongida Belgorod oblastiga yangi reyd töğrisida bayonot berdi. «Rossiya köngillilar korpusi» tomonidan tarqatilgan videoda, guruh jangçilari Rossiya va Ukraina çegarasida turgani — va «tez orada Şebekino atrofida paydo bölişi» aytiladi. Öz navbatida, «Rossiyaga ozodlik» legioni jangçilari çegara atrofida turgani va «erkinlik, tinçlik va xotirjamlik keltiriş uçun» Rossiya içkarisiga harakatlanmoqçi ekani aytilgan. Bu videolar qaçon yozib olingani aniq emas.

Baza «Şebekino» çegara punkti yaqinidagi janglar töğrisida xabar berdi. Naşr ma’lumotiga köra, çegara punktiga «tanklar qöllab-quvvatlovi» bilan hujum qilingan. Çegaraçilar va harbiylar jangga kirişgani, «çegaradagi faol hujumlar qaytarilgani» aytilgan.

Belgorod oblasti operativ ştabi «Ukraina qurolli kuçlari çegaradan yorib ötgani» haqida gap yöqligini ma’lum qildi. Buning aksi bölgan ma’lumotlar «yolğon va haqiqatga töğri kelmasligi» ta’kidlandi. Şu bilan birga, şu xabarning özida Şebekino atrofida «murakkab vaziyat yuzaga kelgani, otişmalar ketayotgani va jang ovozlari eşitilayotgani» tan olingan.

Belgorod oblasti rahbari Vyaçeslav Gladkov Şebekino muntazam ravişda zarbaga uçrayotganini ma’lum qildi. Uning öz telegram-kanalida yozişiça, şahar «Grad» baravar öt oçiş reaktiv tizimlaridan ham öqqa tutilgan. Gubernatorga köra, zarbalar oqibatida, şahardagi yotoqxona binosi yonib ketgan, unga yondoş joylaşgan mahalliy ma’muriyat binosi ham şikastlangan. Telegram-kanallarda, Şebekino aholisini evakuatsiya qilayotgan avtobusga snaryad kelib tuşgani haqida xabar tarqaldi, ammo keyinroq zarba vaqtida uning içida heç kim bölmagani oydinlaşdi. Gladkov «Rossiya köngillilar korpusi» va «Rossiyaga ozodlik» legionining navbatdagi reydlari, şuningdek, çegaradagi janglar haqidagi xabarlarga munosabat bildirmagan.

«Rossiya köngillilar korpusi» «Işlayapmiz. Yangiliklarni kuzatib boring!» yozuvi ilova qilingan fotosuratlarni e’lon qildi. Bu tasvirlar qayerda olinganiga aniqlik kiritilmagan, fotosuratlarda kamuflyajdagi kişilar yarim vayrona bino içida turganini köriş mumkin. «Rossiyaga ozodlik» legioniga aloqador bölgan Ilya Ponomaryov esa «RKK Şebekinodagi şaxsiy tarkib töplangan politsiya binosiga „Grad“ zarbalari yoğdirgani» haqida xabar qilgan. «Aftidan, Putinning murojaatini eşitişmoqçi edi», — deya yozgan Ponomaryov. Taxmin qiliş mumkinki, u RF prezidentining «Birinçilar harakati» festivali iştirokçilariga videomurojaatini nazarda tutgan. «Rossiyaga ozodlik» legioni, Ponomaryovning aytişiça, rossiyaliklarning öq-dori töldirilgan «KamAZ»i va bitta «Tyulpan» rusumli minomyotini yöq qilgan.