Rossiya qisman harbiy safarbarlik e’lon qilingan 2022 yilda 60 mingdan ortiq norezidentlar özbek banklarida hisobvaraq oçgan. Bu haqda Senatning 41-yalpi majlisida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov ma’lum qildi.

Majlisda Nurmurodov Markaziy bankning 2022 yildagi faoliyati yuzasidan hisobot berdi. Senator Şavkat Jalolov ötgan yili aholi banklarga qöygan omonatlar tarkibida xorijiy valutadagi omonatlar uluşi kamayganiga e’tibor qaratdi.

“Hisobot yilida aholi omonatlari qoldiği 1,7 barobarga oşib, 63 trln sömga yetgani qayd qilingan. Bu yaxşi tendensiya. Lekin omonatlarning tarkibi böyiça xorijiy valutada qöyilgan omonatlarni bir yildan yuqori muddatga qöyiş 2021 yilga nisbatan 9 foizga kamaygan, talab qilib olgunça bölgan muddatga qöyiş, aksinça, 9 foiz oşgan. Hozirgi kunda aksariyat aholi özining xorijiy valutasini uyda saqlaşga harakat qilyapti. Ya’ni aholi xorijiy valutadagi mablağlarini bankka qöyişdan manfaatdor emasdek. Aholining tijorat banklariga işonçini qay darajada baholaysiz?” – dedi Senat a’zosi.

Markaziy bank raisining aytişiça, valutadagi depozitlarda, ya’ni muddatli depozitlarda kamayiş sodir bölganini ikkita holat bilan izohlaş mumkin.

“Birinçisi, dedollarizatsiya. Ya’ni dollar kursidagi kiçik tebranişlar saqlanib qolişi va omonatlar böyiça foizlarning 21-22 foizga şakllanişi valutadagi mablağlarini olib, sömda depozit qöyişga qiziqişlarni oşiryapti. Banklardan depozitlar ösiş manbalarini söraganmiz: valutadagi depozitni sömga ötkaziş kuçaygan. Bu yaxşi holat deb baholaymiz.

Bu banklarga işonç pasaygani yoki odamlar dollarni uyda saqlayotgani bilan boğliq desak töğri bölmaydi. Hisob-kitoblarimizga köra, aholi qölida 12 mlrd dollarga yaqin [naqd] dollar bor. Biz ularning hammasini jalb qila olmaymiz. Lekin bankda dollarni sömga aylantirib, muddatli omonatga qöyiş jarayoni boşlangan. Bu banklarga milliy valutada kredit berişga imkon yaratadi”, – dedi u.

Mamarizo Nurmurodovning sözlariga köra, ötgan yilgi geosiyosiy vaziyat tufayli özbek banklarida hisobraqam oçgan norezidentlar soni 60 mingdan oşgan. Ular qariyb 892 mln dollarga yaqin ekvivalentdagi mablağlarni banklarga qöygan.

“Bu öz-özidan norezidentlar depozitlar qöyişining keskin ösişi hisobiga qariyb 9,5 barobarga oşdi. Şuning hisobiga talab qilib olingunça valutadagi depozitlarimiz oşdi”, – dedi regulyator rahbari.