AQŞ Rossiyaga qarşi sanksiyalar kiritib, uning valuta zaxiralarini muzlatib qöyganidan söng, boşqa davlatlar dollarga qaramlikni kamaytiriş ustida işlay boşladi, deb yozadi Bloomberg.
Agentlik ma’lumotlariga köra, «dunyoda dollarning gegemonligiga salbiy munosabat bildirilmoqda». Bloomberg ta’kidlaşiça, Rossiyaga qarşi sanksiyalar va aslida uning jahon bank tizimidan çiqarilişi mamlakatlarga AQŞ valutasiga qaramligini eslatgan. Siyosatşunoslik dotsenti, «Baksga qarşi kuraş: AQŞ moliyaviy sanksiyalari va dollarga qarşi xalqaro qarşilik» kitobi muallifi Deniyel Makdauell ta’kidlaganidek, davlat arboblari sanksiya ssenariylariga tayyorlana boşlagan, bu AQŞ tomonidan tahdidlar va tiyib turiş çoralarini samarasiz qiladi. Makdauellaning fikriça, jahon iqtisodiyotidagi özgarişlar kiçik bölişi mumkin, ammo bu «Amerikaning iqtisodiy qudratini pasaytiradi».
Milliy valutalarda hisob-kitoblar böyiça şartnomalar, xususan, Braziliya va Xitoy tomonidan tuzilgan. Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva aprel oyida BRICS mamlakatlari örtasida savdo uçun dollarga muqobil valutani joriy qilişga çaqirgan edi. «Dollar oltindan keyin hisob-kitoblar uçun valutaga aylanişiga kim qaror qildi? Nega iyena emas, nega real emas, nega peso emas? Çunki bir paytlar bizning valutalarimiz zaif edi va boşqa mamlakatlarda heç qanday qiymatga ega emas edi», dedi Braziliya prezidenti.
Hindiston va Malayziya özaro savdoni rupiyda amalga oşirişga qaror qilişdi. Şunga öxşaş mexanizm ustida iş Hindiston va Rossiya örtasida ham olib borilgan, biroq may oyida Reuters uning töxtatilganini e’lon qildi. Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand, Filippin, Bruney, Laos, Singapur va Myanma) mintaqaviy savdo va sarmoya uçun a’zo mamlakatlar valutalaridan foydalanişni boşlaşga qaror qildi. Indoneziya Janubiy Koreya bilan ham töğridan töğri rupiy va vonda ayirboşlaş böyiça şartnoma imzoladi.
Xalqaro hisob-kitoblar banki ma’lumotlariga köra, jahondagi barça valuta operatsiyalarining qariyb 88 foizi dollarda amalga oşiriladi. Bloomberg agentligi qayd etişiça, transçegaraviy dollar oqimlarini qayta işlovçi banklar AQŞ Federal zaxira tizimida hisobraqamlariga ega bölgani uçun ular AQŞ sanksiyalariga duçor böladi. Aprel oyida AQŞ moliya vaziri Janet Yyellen dollar bilan boğliq sanksiyalardan foydalaniş AQŞ valutasi «gegemonligiga putur yetkazişi» xavfi borligini tan oldi. Şu bilan birga, Yyellen ma’lum sabablarga köra dollar jahon valutasi sifatida qöllanilayotgani va davlatlar uçun bir xil xususiyatlarga ega muqobil variant topiş qiyin bölişini ta’kidladi. K2 Asset Management tadqiqot bölimi rahbari Jorj Buburasning aytişiça, u «heç bölmaganda keyingi avlod uçun hukmron valuta sifatida dollar örnini bosa oladigan heç qanday aktivlarni körmayapti».


















