Germaniyaning ZDF telekanali va haftalik Der Spiegel naşri tomonidan olib borilgan suriştiruv natijalariga köra, Germaniya qurolli kuçlarining (Bundesver) sobiq zobitlari köp yillar davomida Xitoyda qiruvçi uçuvçilarni tayyorlab kelyapti. Naşrlar veb-saytida 2 iyun, juma kuni e’lon qilingan materiallarga köra, ular ötkazayotgan maşğulotlar davomida boşqa narsalar qatori hujum ssenariylarini ham işlab çiqyapti.
Der Spiegel naşriga köra, Germaniya xavfsizlik idoralari sobiq askarlar xitoyliklar bilan turli hujum variantlarini, jumladan, Tayvanga hujum qiliş imkoniyatlarini işlab çiqişlari mumkin deb hisoblaydi. Nemis harbiy uçuvçilarini yollaş orqali XXR rahbariyati Ğarb qiruvçilarining zaif tomonlarini aniqlaşga intilmoqda, deya qayd etadi naşrlar.
Şu bilan birga, ikki sobiq nemis harbiysi nafaqaga çiqqunga qadar Eurofighter köp maqsadli qiruvçi samolyotlarining uçuvçilarini öqitgan, yana bir nemis ilgari Tornado jangovar samolyotining uçuvçisi bölgan. ZDF ma’lumotlariga köra, ulardan kamida bittasi Xitoy şimoli-şarqidagi Tsitsikar şahrida yaşagan va işlagan.
Bundesverdagi qiruvçilar uçuvçilari odatda 41 yoşda nafaqaga çiqişadi, bu yoşda reflekslar va köriş zaiflaşa boşlaydi, ularning köpçiligi keyin boşqa faoliyatga ötadi. ZDF ma’lumotlariga köra, Xitoydagi sobiq nemis ofitserlari instruktor sifatida işlaganliklari uçun «köp hollarda Seyşel orollaridagi soxta kompaniyalari orqali» katta miqdorda maoş olişgan. Der Spiegel naşrining yozişiça, zobitlardan biri yiliga bir neça yuz ming yevro işlab topgan. Bular «faqat professional sportçilar yoki konsernlarning top-menejyerlari tomonidan olinadigan maoşlar», deyiladi ma’lumotda.

















