"Ukraina tomoni öz pozitsiyasini aniq bayon qildi: tinçlik muzokaralari faqat Rossiya qöşinlari Ukraina hududidan töliq olib çiqib ketilganidan keyingina mumkin böladi. Bu şart bajarilmagan holda öt oçişni töxtatiş status-kvoni muzlatib qöyadi, Rossiyaga qayta töplaniş, kuç töplaş imkonini beradi. 2014-2022-yillarning isbotlangan tajribasi. Bundan taşqari, Rossiyaning Ukraina şaharlariga har kungi raketa va dron hujumlari Moskva uruşni davom ettirişdan boşqa ssenariylarni öylamasligini isbotlaydi”, — deb yozdi Nikolenko Facebook’dagi sahifasida. 

Tinçlikni yaqinlaştiriş uçun Nikolenko Orbanga "harakat qilişni boşlaşni", masalan, "Rossiya agressiyasini qoralaşni, Moskvadan uruşni töxtatişni va armiyani Rossiya hududiga qaytarişni talab qilişni, Rossiyani izolyatsiya qiliş böyiça xalqaro çoralarga qöşilişni" maslahat berdi.