Devon rahbaridan kattaroq. Yermak qanday qilib Ukrainadagi ikkinçi şaxsga aylangan?
|02:16 / 05.06.202342 97920 min
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning rasmiy tadbirlardagi deyarli barça suratlarida uning yonida böyi baland odam egilibroq turganini köriş mumkin. Böydagi farq hisobga olinsa, bir lahza uning salobati Zelenskiyni ham bosib qöyayotganday körinadi.
Foto: BBC RussianFoto: BBC Russian
Ukraina prezidenti devoni rahbarlarining köpçiligi haqida u öz boşliğidan ham köproq vakolatga ega deb gapirişgan. Ammo faqat hozirgi devon rahbarini «vitse-prezident» deb ataşadi. U ham avvalgi hamkasblari kabi katta lavozimga ega bölgani uçun köplab mojarolarga aralaşişga ulgurdi. Bu salobatli inson misolida juda ziddiyatli şaxs mujassam bölgan: bir qaraşda u «kulrang kardinal»ga öxşasa, boşqa tomondan, frontdagi voqealarga Telegram-kanalida emodzilar bilan munosabat bildirib, vaziyatga juda yengil qarayotgandek taassurot qoldiradi.
Volodimir Zelenskiy öz devoni rahbari haqida gapirganda, uni «kuçli menejyer», «haqiqiy vatanparvar» deb ataydi, ammo u haqda gapirganda juda köp «işonaman» degan sözni işlatadi. Xöş, Zelenskiy administratsiyasi rahbari Andrey Yermak kim özi?
Kinodan siyosatga
Andrey Yermak 51 yoşda. U ham xuddi Zelenskiy kabi siyosatga yangi kirib kelganlardan. «Hukumatga köp marta deputat, vazir lavozimlarida kiriş imkoniga ega bölib, har safar rad etganman», degandi Yermak intervyularidan birida.
Foto: OFFICE OF THE PRESIDENT OF UKRAINE
Kiyev xalqaro aloqalar instituti bitiruvçisi bölmiş Yermak 2019 yilgaça huquqiy faoliyat bilan şuğullangan. U işlayotgan korxonaning asosiy mijozlari yirik telekanallar va xalqaro kompaniyalar edi. Masalan, Disney, Pixar va Universal kabi. Siyosatga ötişidan avval Yermak bir neça filmlarga prodyuserlik ham qilgan.
Bu sohadagi faoliyati uning kelajagiga jiddiy ta’sir körsatdi. Faoliyati davomida köplab amerikalik aktyorlar bilan tanişgan Yermak bu aloqalaridan kelajakda ham foydalandi. Uning hayotidagi muhim özgarişlardan biri esa Ukrainadagi yirik telekanallardan biri – «Inter» boş prodyuseri bilan tanişgani böldi. Bu prodyuser – Volodimir Zelenskiy edi.
Ularning tanişuvidan ança vaqt ötgaç Zelenskiy Yermak haqida eslar ekan, u avvaliga bosib olingan hududlar masalasi böyiça boş vazir örinbosari lavozimini egallaşi kerak bölganini aytadi. Ya’ni bu lavozimda u Rossiya bilan asirlar almaşiş jarayonida muzokaraga kirişişi közda tutilgandi. Keyinçalik hukumatdagi lavozimi Yermakka Rossiya bilan aloqada bölişni qiyinlaştiradi degan qarorga kelişdi va u Zelenskiyning yordamçisi lavozimini egalladi.
Yermak bir qaraşda kiçik mansabda bölgan öşa vaqtda ham mamlakat taşqi siyosati borasidagi köp işlarni bajarardi. Ba’zan uning harakatlari samara berib, «poroşenkoçi bölgan» bir neça elçini almaştirişga erişadi. Ba’zan esa norasmiy diplomatik faoliyati muvaffaqiyatsizlikka uçraydi.
Mavzuga oid
Yermakning faoliyatidagi eng şov-şuvli holat şubhasiz AQŞ sobiq prezidenti Donald Tramp bilan boğliq. Uning Tramp atrofidagi odamlar, xususan, AQŞ sobiq prezidentining advokati Rudi Juliani bilan yaqin munosabat örnatişga urinişi bilan boğliq voqealar rivoji oxir-oqibat Trampga qarşi impiçment da’vosi bilan tugadi. Öşa vaqtda tarqalgan ma’lumotlarga köra, Yermak Trampning advokatiga Ukraina hozirgi prezident Baydenning öğli Hanter Baydenning mamlakatdagi faoliyati bilan boğliq tekşiruv boşlaşga tayyorligini aytgan.
Bu mavzu keyinçalik Tramp va Zelenskiyning telefon suhbati vaqtida ham muhokama qilingan. Ularning özaro uçraşuvida ham bu masala kötarilgaç, AQŞda Tramp bölajak saylovdagi raqibini kuçsizlantiriş uçun boşqa davlat rahbariga bosim ötkazmoqda deb hisoblaşdi va unga qarşi impiçment harakati boşlanib ketadi. Oqibatda Ukraina va AQŞ örtasidagi munosabatlarda sovuqlik hukm sura boşlaydi. Bir muddat AQŞda Ukraina bilan munosabatlarga «xuşlanmaydigan masala» deb ham qaraşgandi.
Andrey Yermak esa öşa vaqtda aqlli harakat qilib, Ukraina içkarisidagi vaziyatni iziga tuşira olgandi. U Zelenskiyga bosim qilib bölmasligi, amerikaliklar içki muammosini özi hal qilib olişi kerakligini odamlarga tuşuntiradi.
Rossiya bilan munosabatlardagi asosiy odam
Yermak e’tibor qaratişi kerak bölgan asosiy mavzu – Rossiya edi. Zelenskiy prezidentlikka kelganidan keyin aynan Yermak Rossiya bilan muloqotdagi norasmiy vakil Viktor Medvedçukning örnini egallaydi. Öz navbatida, Rossiyada ham Ukraina bilan muloqotdagi norasmiy vakil özgaradi: Vladislav Surkov örniga Dmitriy Kozak.
Foto: Getty Images
2019 yilda tomonlar 35 nafardan asir almaşadi. Buni Yermakning ilk siyosiy yutuği deb ataş mumkin. Ukrainaga qaytarilganlar orasida kinorejissyor Oleg Sensov ham bor edi. Aynan öşa asirlar almaşinuvidan keyin ukrainaliklar Andrey Yermak haqida gapira boşlaşdi.
Keyinçalik Yermak manziliga juda köp tanqidlar yoğdirildi. Xususan, Donbassning bosib olingan hududlarida «Ştaynmayyer formulasi» böyiça saylov ötkaziş algoritmi işlab çiqilganidan keyin. Kiyev markazida minglab ukrainaliklar Zelenskiydan «qiziq çiziqni bosmaslikni talab qilib» namoyiş ötkazişdi. Ammo aynan mana şu tajriba ortidan Yermak Ukraina, Rossiya, Fransiya va Germaniya yetakçilarini bir stol atrofiga töplay oldi. Töğri, bu uçraşuvda tinçlik kelişuviga erişilmadi, ammo uçraşuv ötkazilgani ham katta gap edi. Aynan öşa uçraşuvdan keyin Andrey Yermak Rossiya va Ukraina munosabatlaridagi asosiy muloqotçiga aylandi.
«Vagnerçilar» mojarosi
Yermak Rossiya bilan muloqotda asosiy figuraga aylangan bir vaqtda esa Ukrainada Zelenskiy prezidentligi davridagi ilk jiddiy mojaro yuzaga keldi. Bu mojaroni OAVda «vagnergeyt» deb ham ataşadi (AQŞdagi «Uottergeyt mojarosi»ga qiyosan). 2021 yil kuzida suriştiruvçi jurnalistlar Ukraina maxsus xizmatlari «Vagner»ning önlab jangçilarini Rossiyadan çaqirib olib, Ukraina hududida qölga oliş böyiça maxsus operatsiyasi foş bölganini yozib çiqişdi.
Bellingcat naşrining yozişiça, aynan Andrey Yermakning operatsiyani bir neça kunga köçirişni söragani uning barbod bölişiga olib kelgan. Zelenskiyning raqiblari Yermakni töğridan töğri Rossiyaga işlaşda ayblaşdi. Uni bu borada oçilgan iş doirasida ikki marta söroq ham qilişgan. Hukumat tarqatgan turli ma’lumotlar esa bu borada miş-mişlarni köpaytiradi: avvaliga Zelenskiy va Yermak operatsiya öylab topilgan gapligini aytişdi, keyin esa ular bu operatsiya çindan boşqa davlat maxsus xizmatlari tomonidan öylab topilgani, Ukrainaning unga aloqasi yöqligini ma’lum qilişdi. Oxir-oqibat vaziyatga Zelenskiyning özi nuqta qöyib, Yermakka işonişi, razvedkaning unga heç qanday gumoni yöqligini aytgandi.
2021 yil bahor oyida Rossiya Ukraina bilan çegarada ön minglab askarlarni töplay boşladi. Şunday keyin Zelenskiy Yermakka muhim topşiriq berdi: Putin bilan yuzma-yuz uçraşuvni taşkil qiliş. Zelenskiy öşanda Donbassning har qanday nuqtasida uçraşişga tayyorligini aytdi, Putin esa uni Moskvaga taklif qildi. Yermak uçraşuvni tomonlarning ikkisini ham qoniqtiradigan formatda taşkil qilişi kerak edi.
Bugun Putin va Zelenskiyning uçraşuvi ötkazilmaganini bilamiz. Yermak esa Ukraina hukumatidagi juda köpçilik insonlar kabi Rossiyaning Ukrainaga tölaqonli bostirib kiriş ehtimolini juda past baholagandi. «Demak, gap bunaqa: xavf juda yuqori, lekin umid qilamanki, bu sodir bölmaydi», degandi Yermak 2021 yil dekabrida bergan intervyusida.
Foto: OFFICE OF THE PRESIDENT OF UKRAINE
Yermak va Kozak örtasidagi oxirgi uçraşuv uruş boşlanişidan ikki hafta avval, 2022 yil 10 fevral kuni bölib ötgan. Öşa suhbat yakuniga köra, Yermak uç tomonlama muloqot faoliyatini tiklaşga kelişib olganini aytgandi. Keyingi safar esa Yermak Kozak bilan 24 fevral kuni tongda telefonda gaplaşadi...
«Andrey Yermak jiringlayotgan telefoniga qaradi. Bu Kreml edi... Özining aytişiça, öşa vaqtda özini qölga ola bilmagan. Telefon bir marta jiringladi, keyin yana. U nihoyat javob berdi va Dmitriy Kozakning böğiq ovozini eşitdi. Kozak Ukraina taslim bölişi kerakligini aytdi, Yermak esa sökinib telefonni öçirib qöydi», deb yozadi öşa suhbat haqida öz reportajida Washington Post muxbiri.
Uruş boşlanişi bilan Andrey Yermakning mamlakatdagi ta’siri oşib boraverdi. Asosan taşqi siyosat bilan şuğullangan Yermak prezident Zelenskiy strategik şeriklar bilan muzokaralardan boşi çiqmay qolgan bir vaqtda mamlakat içki işlari bilan ham şuğullanişni boşladi.
«Prezidentning menejyeri»
«Men bor e’tiborimni prezident qöygan vazifalarni bajarişga qarataman. Men – prezidentning menejyeriman. Vazifam topşiriqlarni kiçik detaligaça e’tibor berib bajariş, ularga muddat belgilaş va ijrosini nazorat qilişdan iborat», deydi Yermak öz vazifasi haqida gapirar ekan.
Şon Penn, Andrey Yermak va Volodimir Zelenskiy: Hollivud aktyori ukrainlar prezidentiga özining «Oskar» haykalçasini olib kelgandi. Foto: ANADOLU AGENCY
Uruş boşlanişi bilan Yermakning oldiga qator prinsipial yangi vazifalar qöyiladi. NATO sobiq boş kotibi Andres Fog Rasmussen bilan «Kiyev xavfsizlik hujjati» deb nomlanuvçi içki guruh tuzadi – uning vazifasi Ukraina uruş tugaşigaça qabul qilinişini xohlovçi xavfsizlik kafolati loyihasini işlab çiqiş edi. AQŞning Rossiyadagi sobiq elçisi Maykl Makfol bilan esa boşqa bir işçi guruh tuzib, Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga aloqador rossiyaliklarni aniqlab, ularga qarşi sanksiyalar qöllaş, uruşni moliyalaştirayotgan taşkilotlarni aniqlaş bilan şuğullanadi.
Yermak Rossiya bosqinida iştirok etganlarga qarşi xalqaro tribunal taşkil qilinişi loyihasini ham şaxsan nazorat qiladi. Aynan u «Katta yettilik» davlatlariga Zelenskiy nomidan tinçlik rejasi taqdimotini ötkazgandi. Aynan Yermak özining eski tanişlarini işga solgan holda dunyo şou biznesi yulduzlarini Ukrainaga olib kelişda davom etmoqda. Bundan maqsad – köproq odamlar e’tiborini uruşga qaratişdan iborat.
Uning sa’y-harakatlari natijasida odamlar Bono Kiyev metrosida qöşiq kuylagani, Anjyelina Jyuli havo hujumidan ogohlantiruvçi trevoga sirenalari ostida Lviv temiryöl bekatidagi bombapanaga yaşiringani, Şon Penn ukrainlar ğalabasiga işongani bois öziga tegişli «Oskar» haykalçasini uruş oxirigaça saqlaş uçun Ukraina prezidentiga berganiga guvoh bölişdi.
Yermakning jamoasi uruşni yoritiş böyiça mamlakat içkarisi va taşqarisidagi axborot maydonida juda faol bölişdi. Yanvar oyida işdan ketgan Oleksiy Arestoviç va polittexnolog Mixaylo Podolyak bu borada ayniqsa faol bölişdi. Yermakning özi ham uruşni yoritişda faol qatnaşmoqda va bu borada öziga xos uslub ham yarata oldi. U Telegram-kanalida frontdagi voqealarni emodzilar yordamida ifodalaşni odat qilgan. Masalan, Yermak kanalida rebus şaklidagi emodzi qöysa, bu Kiyev muzokaralarda yoki frontda muvaffaqiyat qozonganidan dalolat beradi.
Va bu hammasi emas. Yermak Zelenskiyning barça xorijiy taşriflarida hamrohlik qilib strategik muzokaralarda qatnaşmoqda. Ukrainani tiklaş va asirlar almaşinuvi böyiça muzokaralarni ham aynan Yermak olib bormoqda. Bu orqali u taşqi işlar vaziri yoki boş vazirni soyada qoldira boşladi. Masalan, «Motor Siç» zavodi direktori Vyaçeslav Boguslayev özini davlatga xiyonatda ayblanganlar böyiça almaşuv röyxatiga kiritişni sörab, prezident Zelenskiy yoki asirlar almaşinuvi böyiça rasman mas’ul Kirill Budanovga emas, aynan Andrey Yermak nomiga ariza yozgan.
Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniy Andrey Yermak bilan yaqindan hamkorlik qilişini aytgan
Foto: OFFICE OF THE PRESIDENT OF UKRAINE
BBC ma’lumotiga köra, Yermak Ukraina armiyasi boş qömondoni Valeriy Zalujniy bilan birga amerikalik hamkorlar bilan öta muhim masalalar, xususan, Ukrainaning frontdagi rejalari borasida muhokama ötkazadi. «Prezident devoni rahbari bilan bir jamoa bölib harakat qilamiz. Uning muzokaralardagi tajribasi Ukraina armiyasini xorijda qöllaşlari uçun juda muhim», degan u bilan munosabati haqida boş qömondon Zalujniy.
Qadrlar masalasi
Ukraina içki siyosatida Yermak Zelenskiy prezidentligining ilk kunlaridan katta ta’sirga ega bölgan. Masalan, u Zelenskiyning «Sluga naroda» partiyasi uçun nomzodlar taklif qilgan. U taklif qilgan odamlardan biri hozir Ukraina boş prokurori lavozimida işlayotgan Andrey Kostin hisoblanadi.
Ammo Yermak uçun haqiqiy yulduzlik onlari 2020 yil fevralda – Ukraina prezident devoni rahbari bölganida boşlanadi. Yermak bu lavozimda Andrey Bogdanning örnini egallagandi.
«Bu ikki kişilik simbioz (ikki organizmning bir tanada yaşaşi) va uni Zelenskiy boşqaradi. Har qanday bölmağur gap bölsa ham u «Demak, gap bunday, örtoqlar. Kiringlar, prezident zör ğoya berdi», deydi. Yermak unga heç qaçon yöq demaydi», degandi Bogdan öz iste’fosidan keyin Yermak uning örnini egallagani haqida.
Yermak prezident devoni rahbari lavozimini egallaganidan bir hafta ötiboq jiddiy mojaroga aralaşib qoladi. Uning ukasiga öxşagan şaxs odamlarni davlat organlariga işga joylab qöyişini aytib, pul sörayotganini aytgan video tarqaladi. Yermak buni prezident devoniga qaratilgan hujum deb atagandi. Uning himoyaçilari bu videodagi odamlardan birortasi davlat lavozimida iş boşlamaganini ma’lum qilgan. Yermakni Zelenskiy ham himoya qilib çiqqan va yagona muammo uning ukasi laqmaligida ekanini aytgandi.
2020 yil yozida Viktor Yanukoviç prezidentligi davrida Ukraina içki işlar vazirligida yuqori lavozimda işlagan va 2013-14 yillardagi Yevromaydan iştirokçilarini ommaviy qölga olişda ayblangan Oleg Tatarov prezident devonida Yermakning örinbosari etib tayinlanadi. Uni devonga Yermakning özi taklif qilgandi. Bu esa Ukraina prezidenti devoni manziliga keskin tanqidlar yoğilişiga sabab böladi.
Rasmiy ma’lumotlarga köra, Tatarov Ukraina prezidenti devoni va mamlakatdagi kuç tuzilmalari faoliyatini muvofiqlaştirişga mas’ul bölgan. Norasmiy ravişda esa u Ukrainada forma kiygan barçaning ustidan nazoratga egaligi aytiladi.
Oleg Tatarov va Andrey Yermak. Foto: Getty Images
Uruş boşlangaç, Yermakning Ukraina içki siyosatidagi roli ham oşib bordi. Bihus.info sayti jurnalistlari oxirgi vaqtlarda Andrey Yermakka yaqin odamlar Ukraina mudofaa vazirligi, Milliy bank, kuç işlatar tuzilmalar va davlat kompaniyalarida yuqori lavozimlarga qabul qilinganini yozişdi. Kiyev oblastining sobiq rahbari, devonning hududlar bilan faoliyatini muvofiqlaştirişga javobgar Andrey Kuleba esa uning işlari boşqaruvçisi deb aytiladi.
Şu örinda Ukraina prezident devonining mamlakatdagi yirik şaharlar merlari bilan munosabati murakkabligini ham ta’kidlaş kerak. Bunga misol sifatida, Çernihiv meri Vladislav Atroşenkoning sud orqali işdan olinganini keltiriş mumkin. Korrupsiyada ayblangan Atroşenko buni Zelenskiy administratsiyasining öziga qarşi qasosi deb atagandi. Bu narsalar haqida hududlarda gapirişga yöl qöyişmaydi.
«Tekşiruvlar uruş boşlangan vaqtdagidan ham köpayib ketdi. Zelenskiy jamoasi göyoki uruşni yengişdi va endi raqiblarni parçalaşga kirişgandek», degan BBC bilan suhbatda Kiyev meri Vitaliy Kliçko jamoasining yuqori mansabli vakillaridan biri.
Zelenskiy ofisi vakillari esa bu ayblovga javoban hozir içki siyosat bilan şuğullanişmayotgani, bor e’tibor uruşga qaratilganini aytişgan.
«Hozir tuşunarli sababga köra, içki siyosat degan narsa yöq. Hozir içki siyosat bilan şuğullanayotganlar mamlakat foydasiga işlayotgan odamlar emas», degandi dekabr oyidagi intervyusida Andrey Yermak.
Kongressdan ayblov
Andrey Yermak manziliga faqat Ukrainadan emas, hatto AQŞdan ham ayblovlar yoğilgan. Masalan, AQŞ Vakillar palatasiga respublikaçilardan saylangan, kelib çiqişi ukrainalik bölgan Viktoriya Sparts Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak Rossiyaga işlaşini iddao qilgandi. Uning sözlariga köra, Yermak yuqorida nomi tilga olingan yordamçisi Oleg Tatarov yordamida mamlakatdagi korrupsiyaga qarşi kuraş islohotlarini ham töxtatib turibdi.
«Bu odamning vakolati juda kengayib ketgan. Zelenskiy Yermakka juda işonadi. U prezidentga ma’lumotlarni faqat özi orqali va özi xohlagan şaklda yetkazadi», degan BBC bilan suhbatda Ukraina hukumati vakili ismi sir qolişi şarti bilan.
Yermakni yaqingaça hazil ma’nosida vitse-prezident deb atab kelişardi, ammo oxirgi vaqtlarda bu borada gaplar jiddiy tus olmoqda.
«Bunaqa gaplar bizning siyosatimiz uçun yangilik emas. Jamoadagi jipslik kimgadir yoqmasa, darrov qandaydir iğvo taşlaşga harakat qilişadi. Ha, men taşabbuskor insonman, kerakli vaqtda mas’uliyatni zimmamga olişdan ham qörqmayman. Ammo bir gapni yana takrorlayman: men şu prezident bilan keldim va u bilan ketaman. U bölmasa, heç qaçon siyosatga qadam bosmagan bölardim. Men bu yerda aynan u uçunman», degan Yermak öziga nisbatan «vitse-prezident» iborasi işlatilişiga javoban.
BBC bilan suhbatlaşgan siyosatçi Volodimir Fasenkoning aytişiça, Ukraina prezidenti devoni rahbarlari katta vakolatga egaligi haqida gaplar mamlakat siyosati uçun yangilik emas: Leonid Kuçma vaqtida Viktor Medvedçuk haqida, Viktor Yuşçenko vaqtida Viktor Baloga haqida, Viktor Yanukoviç vaqtida Sergey Levoçkin haqida şunday deyişgan.
«Prezident devoni rahbari lavozimiga öz statusini saqlay oladigan kuçli odam kelsa, u şubhasiz mamlakatning ikkinçi yoki uçinçi odamiga aylanadi. Yermak ana şunday kuçli inson», deydi ekspert.
Bu borada yana bir mulohaza paydo böladi. Hozirgi prezident uruş holatida mamlakatni boşqarmoqda va u siyosatga yangi kirib kelgan. Prezident devoni faoliyati esa konstitutsiya yoki boşqa hujjatlarda belgilab qöyilmagan. Şunday ekan, BBC bilan suhbatda bölgan siyosatçi Petro Burkovskiyning aytişiça, devon har qanday hajmdagi boşqaruv mas’uliyatini gardaniga olişi mumkin.
Uning fikriça, Ukrainada rasman boş vazir prezidentdan köproq vakolatga ega, çunki aynan u hukumat boşqaruvçisi hisoblanadi. Ammo bugungi Ukraina prezident devonida bu kuçga parallel bölgan boşqa kuçli tizim şakllangan. «Bu odam (Yermak) nimalarni nazorat qila olişi unçalik muhim emas, masala bu odamning vakolatini hatto konstitutsiya qandaydir şaklda çeklamaganida», deydi siyosatçi Burkovskiy.
Yermak Ukrainada bunçalik katta vakolatlarga ega ekani bu narsaga Zelenskiy qarşi emasligidan dalolat beradi. Lekin Yermak öz vakolatidan nima maqsadda foydalanmoqda? Uning qilayotgan hamma işlaridan Zelenskiyning xabari bormi? Burkovskiyning fikriça, bu boradagi barça mas’uliyat tölaligiça Volodimir Zelenskiyning gardanida böladi.
BBC maqolada keltirilgan gaplar yuzasidan Andrey Yermakdan izoh sörab murojaat qilgan, ammo hozirça tegişli javob olgani yöq.