Kongressda respublikaçi deputat Ukrainaga yordam masalasida şovqin kötardi: Kiyev buni «rus propagandasi» deb atagan
|16:55 / 22.07.202236 36015 min
AQŞ Kongressining kelib çiqişi ukrain bölgan a’zosi Viktoriya Sparts Ukraina hukumatini uruşga yaxşi tayyorgarlik körmaganlikda aybladi. U Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak Rossiyaga işlaşiga işora qilgan. Kongressvumen bu fikrga razvedka ma’lumotlari asosida kelganini aytgan.
Foto: Tom Williams / CQ-Roll Call, Inc / Getty ImagesFoto: Tom Williams / CQ-Roll Call, Inc / Getty Images
Ukraina Taşqi işlar vazirligi uşbu çiqişga munosabat bildirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Spartsning sözlari faol muhokama qilindi. BBC Viktoriya Spartsning bayonoti atrofidagi voqealarni tahlil qildi.
Sparts Ukraina hukumatini nimada aybladi?
Qizlik familiyasi Kulgeyko bölgan Viktoriya Spartsning millati ukrain, Çernihivda tuğilgan. Oliy ma’lumotni Kiyevda olgan, 2000 yildan buyon AQŞda yaşaydi. 2020 yil AQŞ Vakillar palatasiga Indiana ştatidan saylangan.
Uruş boşlanganidan buyon deputat tabiiyki faollaşib qoldi: Kongressga murojaat qilib, vataniga yordam berişni söradi, uruş boşlanganidan buyon olti marta Ukrainaga keldi.
6 iyul kuni Sparts AQŞ prezidenti Jo Bayden va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni tanqid qilib çiqdi. «Bayden va Zelenskiy odamlarning hayoti bilan öynaşni bas qilişi şart. Kongress Ukrainadagi vaziyatni töğri baholaşi kerak», dedi u.
Deputat Baydenni «siyosiy öyinlarni bas qilib» Ukrainaga xavfsizlik masalasida uşbu mamlakatdagi holatdan kelib çiqqan holda yordam berişga çaqirdi. Uning fikriça, Zelenskiy ham armiya va mahalliy hokimiyatlarni boşqariş örniga «teatr va siyosatda öyin qilmoqda».
Sparts Kongress Ukrainaga kerakli qurollar berişi, oğriqli muammolarni nazoratga olişi kerakligini ta’kidladi. Kelib çiqişiga köra ukrain bölgan deputat birinçi çiqişida Ukraina prezident ma’muriyati rahbari Andrey Yermak haqida gapirmagandi, ammo 8 iyul kuni yana bir çiqiş qilgan siyosatçi AQŞ prezidenti Jo Baydenga Zelenskiy jamoasi rahbari Yermak ustidan suriştiruv ötkaziş sörovi bilan murojaat qilib, xat yozganini aytdi. Uning fikriça, Yermakning Rossiya bilan aloqalari tekşirilişi kerak. Deputatning fikriça, aynan Yermakning örinbosari Oleg Tatarov korrupsiyaga qarşi kuraşuvçi taşkilotlar faoliyatiga tösqinlik qilmoqda.
Qisman e’lon qilingan xatga Ukraina hukumati vakillari ham e’tibor qaratişdi. Sparts xonim xatda Yermakning faoliyatiga şubha bildirar ekan, bu xulosalarga razvedka ma’lumotlari asosida kelganini aytadi.
«Ukraina sizning ma’muriyatingiz tomonidan xavfsizligi uçun köproq va tezroq yordam olişi kerak. Afsuski, hozirça bunday bölmayapti», degan Sparts AQŞ prezidentiga murojaat qilar ekan.
Deputat Andrey Yermak Ukraina Içki işlar vazirligi tergov boşqarmasi rahbari Oleg Tatarovni öz yordamçisi qilib tayinlaganiga ham e’tibor qaratgan. Spartsning aytişiça, aynan Tatarov Ukrainada korrupsiyaga qarşi kuraşiş uçun maxsus mas’ul tayinlaş işlarini ortga surib kelmoqda.
«2020 yil hozirgi lavozimga kirişişdan avval janob Tatarov Ukraina aksilkorrupsiya byurosi kuzatuvi ostida bölgan, uning işini oddiy prokuror körgan va yopib yuborgan. Janob Tatarov Yanukoviç boşqaruvi vaqtida ham içki işlar vazirligida yuqori lavozimda bölgan, Yevromaydan iştirokçilarini ta’qib qilgan», deyiladi xatda.
Andrey Yermak va Oleg Tatarov borasidagi gaplar Ukrainada ikki yildan buyon tinmaydi. Sparts xonimning çiqişi Zelenskiy va uning jamoasi tanqidçilari uçun ayni muddao böldi. Deputatning Bayden ma’muriyati Ukrainaga juda sekin yordam yuborayotgani haqidagi tanqidi esa e’tiborsiz qoldirildi.
TIVning keskin munosabati va Yermak manziliga ayblovlar
9 iyul kuni Ukraina Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Oleg Nikolenko Facebook'dagi sahifasida amerikalik deputatning çiqişlariga munosabat bildirdi. Uning aytişiça, Sparts xonim rus propagandaçilarining usulidan foydalangan holda Ukraina hukumatidagilar Rossiyaga işlaşi haqida safsata söqigan. TIV vakili Sparts Ukrainani AQŞ içki siyosatidagi voqealarga aralaştirmoqçi bölayotganini aytdi.
«Sparts xonim uruş mavzusida gapirib ukrainaliklar alami ortidan siyosiy mavqeyini kötarişga intilmoqda, undan bu harakatlarini töxtatişini söraymiz. Bu sözlarni Kongressda kelib çiqişi ukrainalik bölgan odam gapirgani ayniqsa ğalati», dedi Ukraina TIV vakili. Uning aytişiça, AQŞ Ukrainaga yordam berayotganini gumon ostiga oliş kerak emas.
Oleg Nikolenkoning yozişiça, Kongress a’zosining bu çiqişlari Kreml uçun ayni muddao bölgan.
Rossiya armiyasi uruşning ilk haftasidayoq Xerson oblastining katta qismini egallab olişi Mariupol qurşovda qolişiga olib kelgandi
Viktoriya Sparts Ukraina Taşqi işlar vazirligidan uning çiqişlarini jiddiy qabul qilişni sörab, Andrey Yermak borasida gumonlarini bildirgan. Bular:
Ma’lumotlar Belarusga sizib çiqişi sabab Ukrainaning «vagnerçilar»ni uşlaş operatsiyasi barbod bölgani.
Uruşgaça bölgan vaqtda Rossiya bilan munosabatlardagi muvaffaqiyatsizlik.
Yermak Ukraina hukumatini Rossiya fevralda bostirib kirmasligiga işontirişga uringan, xorijiy razvedka ma’lumotlarini esa işonçsiz deb atagan. Şu orqali Ukraina uruşga tayyorlanişiga xalaqit bergan.
Xersonni sobataj qilib ruslarga topşiriş va bu orqali Mariupoldagi «Azov»çilarni yakkalatiş.
Asossiz va hatto noqonuniy tarzda tezkor harbiy xaridlarni keçiktiriş.
Yordamçisi Oleg Tatarov orqali korrupsiyaga qarşi kuraşuvçi maxsus prokuror tayinlanişini keçiktiriş.
Demokratlar Spartsni tanqid qilmoqda
AQŞ Kongressidagi ukrain kokusi hamraislaridan biri Marsi Kaptur Spartsning çiqişlarini tanqid qildi
Viktoriya Spartsning hamkasbi, Vakillar palatasiga demokratlardan saylangan Marsi Kaptur ham uni tanqid qildi. Kaptur AQŞda yaşagan ukrainalik muhojirlarning farzandi va hozirda Kongressdagi Ukraina böyiça deputatlar guruhi yetakçisi. Uning aytişiça, Ukraina tirik qoliş uçun kuraşişda davom etar ekan, AQŞ Zelenskiyni qöllab-quvvatlaydi.
«Uruş vaqtida Ukraina hukumati vakillariga işonçsizlik bildirganlar faqat Putin va uning propagandasi uçun xizmat qiladi. Ittifoqçi sifatida Zelenskiy va uning jamoasi bilan uruşni oxirigaça yetkaziş uçun harakat qilamiz», deydi Kaptur.
Sparts Yermak iste’foga çiqişi kerakligini aytmoqda
11 iyuldagi yangi çiqişida Sparts Andrey Yermakning iste’fosini talab qilib, Ukraina hukumatini armiyaga köproq yordam berişga çaqirdi. Uning aytişiça, Kiyev aynan Yermakning rahbarlida jang maydonida qahramonlik körsatayotgan armiya askarlarini qöllaş örniga siyosat bilan şuğullanib ötiribdi.
«Andrey Yermak vijdonli siyosatçi bölsa, Ukraina hukumatini Rossiya heç qaçon hujum qilmasligiga işontirgani uçun qişdayoq işdan ketgan bölardi», degan Sparts Zelenskiy ma’muriyati rahbari işdan ketişi kerakligini ta’kidlar ekan. Sparts Ukrainaga yuborilgan qurollarni alohida taşkilot nazorat qilişi şartligini aytgan va bu vaqtni çözişi haqidagi fikrlarga qarşi çiqqan.
Sparts Yermak iste’foga çiqişi kerakligini aytmoqda. Foto: NURPHOTO
11 iyul kuni, Sparts xonim iste’fosini talab qilgan kunda Yermak AQŞ prezidentining xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Jyek Sallivan bilan muzokaralar ötkazdi. Bu borada deputat tvitterdagi sahifasida post qoldirdi. «Umid qilamanki, janob Sallivan Kiyevda Kobuldagidan yaxşiroq harakat qiladi», deb yozdi AQŞ ketgaç Afğonistonda xaos boşlanganiga işora qilib.
Şov-şuvli intervyu
Öşa kuni Viktoriya Sparts «Yevropa haqiqati» naşriga intervyu berdi. Suhbat davomida deputat Yermak haqidagi ma’lumotlarni Ukrainadan emas, boşqa joydan olganini aytdi. Uning qöşimça qilişiça, AQŞda respublikaçilar va demokratlar orasida Ukrainaga yordam sifatida katta mablağlar yuborişga qarşilar köp, garçi demokratlar bunday çiqişlar qilmagan bölsa-da.
Uning fikriça, Kongress Ukrainaga yuborilayotgan yordam ustidan nazoratga ega bölişi kerak. «Bizning pullarimiz qayerga ketayotgani hamma kabi meni ham qiziqtiradi. Şu sabab mening prezidentim menga hisob berişi kerak. Nima qilişni özlari bilişadi, lekin Ukraina hozir biz bilan kelişa olmasa, hozir ularga işoniş mumkinligini Kongress his qilmasa, ularda keyinçalik katta muammolar paydo böladi», deydi u.
Kongressvumenning fikriça, AQŞ tomonidan yuborilayotgan qurollar Rossiyaga va hatto Suriyaga borib qolişi mumkin, şu sabab Kongress bu borada nazoratni qölga olişi kerak. U Ukraina faqat Ğarbning yordamiga köz tikkani, uruşga tayyorlanmaganini ham tanqid qilgan.
«Siz uruşga tayyorlanmaganingiz yetmaganday özingizni xuddi uruş bölmayotgandek tutyapsiz, hammasini siz uçun Ğarb qilib berişini kutyapsiz. Kiyevda uruş şarqqa köçganidan xotirjam bölgan odamlar bemalol restoranlarda ötirişibdi. Lekin siz şunday katta uruş içidasizki, butun mamlakat, butun sanoat va işlab çiqariş unga qaratilgan bölişi kerak. Ammo qanday tanlov qilişni özingiz bilasiz», degan deputat.
Sparts xonim AQŞ prezidenti manziliga ham tanqidlarni yoğdirar ekan, Bayden nima xohlayotganini özi ham bilmayotganini aytgan.
Uning sözlariga köra, Kiyev hukumati hududlarga mudofaa uçun yetarliça qurol bermayapti.
AQŞ Davlat departamenti Spartsning bayonotiga javob berdi va Ukraina qurollar boşqa davlatga tuşib qolmasligini ta’minlay olişini bildirdi.
Spartsning bayonoti nimani özgartiradi?
Ukrainalik ekspertlar Spartsning fikrlarini tahlil qilişdi. Odessa milliy universiteti dotsenti Volodimir Dubovikning aytişiça, Viktoriya Sparts uzoq vaqt Ukrainaga yordam miqdorini oşirişni talab qilgan an’anaviy respublikaçilar va Ukrainaga yordam miqdorini şubha ostiga olgan Donald Tramp tarafdorlaridan birini tanlaşda ikkilanib yurgan. Ekspert respublikaçilar vakili bölgan 11 nafar senator va Vakillar palatasining 57 nafar a’zosi Ukrainaga 40 milliard dollar miqdorida yordam beriş töğrisidagi qonunni ma’qullamaganini eslatgan.
Dubovikning fikriça, Sparts ğoyaviy jihatdan trampçilarga yaqin va saylovda ham aynan şunday ğoyalar yordamida ğalaba qozongan. Tramp tarafdorlari esa uruş boşlanganidan buyon AQŞ Ukrainaga bunçalik katta miqdorda yordam yuborişiga qarşi bölib kelmoqda. Ekspertning aytişiça, Spartsning «Ukrainaga bu tartibda yordam berib bölmaydi, u yerda korrupsiya urçigan» deb aytgan gaplari trampçilarning talvasasini eslatadi. Ukrainalik dotsent Sparts xonim bu işlarni noyabrdagi saylovlarda ğalaba qozoniş va şov-şuv kötariş orqali Tramp tarafdorlarining e’tiboriga tuşiş uçun qilayotgan bölişini istisno etmadi.
«Hammasi 2019 yil Ukrainaga yordamni keçiktirişdagi voqealarni eslatmoqda. Faqat unda barçasini Trampning özi Rudi Juliani orqali töxtatib qöygandi. Joriy holatda esa Vakillar palatasining birgina a’zosi qarşilik qilmoqda. Hozirça», deydi Dubovik.
Ekspertning qöşimça qilişiça, Ukrainadan farqli ölaroq AQŞda Spartsning çiqişlariga deyarli e’tibor berişmagan.
«Uning çiqişi hozirça Ukraina uçun muammo tuğdirayotgani yöq. Ammo Sparts xonim işga Trampnig tarafdorlari bölgan boşqa siyosatçilarni ham aralaştirsa, ular «safimizda ukrainalik siyosatçi bor, şuning uçun Ukraina qurollarni sotib yuborişi mumkinmi yöqmi – tekşiriş kerak» degan iddao bilan çiqsa, bu masala Kongressda kötarilsa, mana bu çinakam muammoga aylanadi», deydi ekspert.
Ekspertning fikriça, Xersonni topşirişda Yermakning qandaydir aybi bölgani haqida dalilga ega bölsa, uni körsatişi kerak, ammo deputat bunday qilmagan. Rossiya bilan muzokaralardagi muvaffaqiyatsizlik haqida gap ham asossiz, çunki Rossiya muzokaralarga deyarli yöl bergani yöq.
Dubovik amerikalik deputatning Ukrainaga yuborilayotgan harbiy yordam ustidan nazorat yöq degani ayblovini ham asossiz deb atagan. Uning aytişiça, AQŞ Ukrainaga yuborişi aytilgan qurollarni AQŞning özida sotib oladi, yordam Ukrainaga pul körinişida bormaydi. Ammo bu yerda ekspert «ötlab ketgan», çunki Viktoriya Sparts Ukrainada qurol uçun yuborilgan pullar «tuya qilinişi»dan emas, Ukrainaga yuborilgan qurollar Rossiyaga va hatto Suriyaga borib qolişidan xavotirda ekanini bildirgan.
Ekspert Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermakning ta’siri çindan favqulodda katta ekanini tasdiqlagan, ammo Spartsning harbiy jihatdan AQŞga boğliqlik borasidagi e’tirozlariga qöşilmagan. «Biz uruş holatidamiz va çindan AQŞdan keladigan yordamga muhtojmiz. Bu urinişlar davlatlar örtasiga nifoq solişdan boşqa narsa emas», degan Dubovik.
1 mart kuni Sparts Kongressda Ukrainaga yordam körsatişni sörab hissiyotli nutq sözlagandi
Yana bir ekspert Aleksandr Krayevning fikriça, Sparts Tramp tarafdori bölgan respublikaçilarga öxşamaydi, ğoyaviy jihatdan reygançi respublikaçilarga yaqinroq. Krayevning aytişiça, Sparts AQŞ respublikaçilar partiyasi yetakçilaridan biriga aylanib olişi ham mumkin, çunki mamlakatda Ukraina masalasi juda muhim hisoblanadi.
Krayev amerikalik kongressvumen AQŞdagi Ukrainaga yordam va Rossiyaga qarşi sanksiyalar böyiça barça qonun loyihalarini qöllaganiga e’tibor qaratib, şu sabab uning yuborilayotgan qurollar nazorati böyiça taklifi mantiqan töğri ekanini aygan. Ekspertning fikriça, reygançi respublikaçilar uruşda Ukraina ğalaba qozonişini istayotgani sabab Ukrainaga yordam qançalik samarali ekani haqida boş qotirmoqda. Şuningdek, Krayev Zelenskiy ma’muriyatidagi «norasmiy iyerarxiya» borasida amerikaliklar 3 yildan buyon savol berib kelayotganini eslatgan.
AQŞning harbiy yordami ustidan nazorat organi taşkil etiş tajribasi yangi emas, 2001-21 yillarda amerikalik soliq tölovçilar hisobidan AQŞ Afğonistonga juda katta harbiy qurollar yuborgan va ularning nazorati örnatilgan. Bunday nazoratni Kongress amalga oşiradi.
Krayevning fikriça, Viktoriya Sparts Ukraina masalasidagi uşbu şov-şuvli çiqişlarini razvedka ma’lumotlarisiz boşlamagan bölardi. «Katta ehtimol bilan, unga bu ma’lumotlarni maxsus xizmatlar bergan. Bu Sparts uçun ham, prezident ma’muriyati bilan ziddiyatga borişni istayotganlar uçun ham foydali», deydi Krayev.
Ekspert AQŞ tomonidan yuborilgan qurollar çindan nazorat qilinmasligini qayd etgan. Qurollar ikki mamlakat mudofaa vazirliklari örtasidagi özaro işonçga asoslangan holda joylaştirilmoqda, xolos. Krayev deputatning çiqişidan keyin bu iş katta minbarlarga kötarilişi va Ukrainaga qurol yuborilişiga ta’sir qilişiga şubha bildirgan.
«Ammo Ukraina tomoni bu mavzuga ehtiyot bölib yondaşiş kerak. Afsuski, hozirça ularning harakatlarida ehtiyotkorlik körinmayapti. Ukraina TIVning bayonoti Ğarbda damage control deb ataluvçi diplomatiyada zararni maksimal kamaytiriş siyosatiga ziddir», degan ekspert.
Ekspert bu borada eng töğri yöl suriştiruv borasida hamkorlikni yölga qöyiş deb hisoblaydi – agar bu taklif davlatlar darajasida qöllab-quvvatlansa.