Uçinçi marta davlat rahbari etib saylangan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan mamlakat hukumati tarkibini qisman özgartirdi. Şunday qilib, mamlakatni oğir iqtisodiy vaziyatdan olib çiqiş vazifasi turgan moliya vaziri etib xalqaro obröga ega bölgan iqtisodçi Mehmet Şimşek tayinlandi.

Şimşek 2009-2015 yillarda Turkiya moliya vaziri bölgan. Şundan söng u mamlakat boş vaziri örinbosari lavozimida işlagan. Ekspertlar undan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning klassik qoidalariga amal qilişini kutişmoqda, deb yozadi Reuters. Şu tariqa, Erdöğan öz hukumatining iqtisodiy yönalişini özgartirişga tayyorligini bildirmoqda, deya ta’kidlaydi jurnalistlar.

Bugungi kunda Turkiyadagi asosiy muammolardan biri yuqori inflatsiyadir. Şu bilan birga, mamlakat Markaziy banki foiz stavkasini oşiriş örniga uni pasaytirdi. Aftidan, bu qaror ortida özini “foizlar duşmani” deb atagan Erdöğanning özi turibdi. Biroq, bu siyosatning oqibati liraning qulaşi böldi. Turkiya xorijdan sotib olgan tovarlar va xomaşyolar şu fonda qimmatlaşdi. Mutaxassislarning ogohlantirişiça, agar şunday yönaliş saqlanib qolsa, mamlakat valuta zaxiralari tugab qolgani uçun iqtisodiy zarbalarga duç keladi.

Erdöğan taşqi işlar vaziri lavozimiga xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Xoqon Fidanni tayinladi. Ayni vaqtda Boş ştab rahbari Yasar Guler mudofaa vaziri lavozimini qabul qilib oldi. Istanbulning sobiq gubernatori Ali Yerlikaya Içki işlar vazirligiga yangi rahbar etib tayinlandi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 28 may kuni bölib ötgan prezidentlik saylovlarining ikkinçi bosqiçida muxolifat nomzodi Kamol Qiliçdoröğlini mağlub etdi.