OPeK neft eksport qiluvçilar taşkilotining 13 ta davlati va 10 ta hamkor davlat, jumladan Rossiya kiradigan OPeK+ 2024 yil uçun neft qazib oliş darajasini pasaytirişga kelişib oldi, deb xabar beradi dpa 4 iyun, yakşanba kuni. Mamlakatlar 2024 yilda kuniga 40,46 million barrel neft qazib olişga kelişib oldilar, bu avvalgi kelişuvlarda qayd etilgan körsatkiçdan kuniga 1,393 million barrelga kamdir.
Saudiya Arabistoni iyul oyida neft qazib olişni yana sutkasiga 1 million barrelga qisqartirişini e’lon qildi, deya xabar beradi podşohlikning SPA davlat agentligi.
Şuningdek, Rossiya neft qazib olişni ixtiyoriy ravişda 500 ming barrelga qisqartirişni 2024 yil dekabri oxirigaça uzaytiradi, dedi Rossiya boş vaziri örinbosari Aleksandr Novak TASS agentligiga bergan intervyusida. “Biz kelişuvni ortiği bilan bajardik, çunki öz kvotalarini tanlamayotgan qator davlatlar bor”, — deya Novak qazib olişni ixtiyoriy ravişda qisqartiriş böyiça kelişuv bundan keyin ham amalga oşirilişiga işonç bildirdi.
Jahon bozorlarida talab va neft narxining pasayişi qayd etilyapti. Brent neftining fyuçerslari 2022 yilning iyun oyida bir barrel uçun taxminan 120 dollarni taşkil etgan bölsa, 2023 yilning iyunida bu körsatkiç taxminan 76 dollarni taşkil qildi.

















