Jahon | 10:52 / 06.06.2023
17242
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda 20 yil SSSR va Rossiya foydasiga josuslik qilgan sobiq agent vafot etdi

AQSh qamoqxonalari byurosi 20 yil davomida SSSR, keyin esa Rossiya razvedka xizmatlariga ma’lumotlarni uzatgan sobiq Federal tergov byurosi agenti Robert Hanssenning Kolorado shtatidagi qattiq rejimli qamoqxonada vafot etganini ma’lum qildi. Sobiq agent 79 yoshda edi. U 2002 yilda josuslikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

Robert Hanssen

AQSh qamoqxonalari byurosi Federal tergov byurosining (FTB) sobiq agenti Robert Hanssenning o‘limi haqida e’lon qildi – u Koloradodagi qattiq rejimli qamoqxonada o‘z kamerasida o‘lik holda topildi, deb yozadi Reuters byuro bayonoti va FTB ma’lumotlariga tayanib.

2002 yilda sud Hanssenni SSSR va Rossiya foydasiga 20 yildan ortiq josuslik qilganlikda aybdor deb topdi. Qamoqxona xodimlari 5 iyun kuni ertalab 79 yoshli Hanssenning hayotini saqlab qolish uchun chora ko‘rishgan. Xanssen tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etdi, dedi Associated Press’ga ish bilan tanish bo‘lgan shaxs. Unga Hanssenning o‘limi tafsilotlarini ochiq muhokama qilish huquqi berilmagan va u AP bilan ismini oshkor qilmaslik shartiga ko‘ra gaplashgan. 

FTB ma’lumotlariga ko‘ra, Hanssen 1976 yilda byuroga ishga kirgan va 1985 yilda Sovet Ittifoqiga maxfiy ma’lumotlarni uzatishni boshlagan. FTB veb-saytida aytilishicha, 2001 yilda hibsga olinishiga qadar, u maxfiy ma’lumotlarni uzatganligi uchun 1,4 million dollardan ortiq mukofot olgan. 

FTB ma’lumotlariga ko‘ra, 2001 yil fevral oyida hibsga olinishidan bir necha hafta oldin, byuroning 300 ga yaqin xodimi Hanssenni kuzatishda qatnashgan. Hanssen hibsga olish guruhi uni Virjiniya chekkasidagi parkdagi «tuynuk» orqali maxfiy materiallarni o‘tkazayotganda qo‘lga olganidan keyin qamalgan. 

Mavzuga oid