5 iyun, duşanba kuni Bonnda BMTning iqlim özgarişi böyiça ikki haftalik konferensiyasi (SB58) boşlandi, uning davomida butun dunyodan kelgan delegatlar COP28 iqlim konferensiyasiga yeçimlar tayyorlaşi kutilmoqda. COP28 30 noyabrdan 12 dekabrgaça Dubayda ötkazilişi rejalaştirilgan.

Germaniya hukumatining iqlim böyiça maxsus vakili Jyennifer Morgan "global iqlim siyosati uçun keng koalitsiya" tuzişga çaqirdi. Bonn Birlaşgan Arab Amirliklarida COP28 iqlim konferensiyasini muvaffaqiyatli ötkaziş yönalişini belgilaşi kerak, dedi u.

Şu bilan birga, BAA mezbon davlat sifatida ekologiya taşkilotlari tomonidan tanqid qilinyapti. Germanwatch xalqaro iqlim siyosati rahbari Devid Rayfişning sözlariga köra, "Birlaşgan Arab Amirliklari Jahon iqlim konferensiyasiga raislik qilar ekan, neft va gaz davrini uzaytiriş böyiça öz kun tartibini ommaviy ravişda olğa surişga harakat qiladi". 

Ayni paytda, BAA sanoat vaziri va Abu-Dabi milliy neft kompaniyasi (ADNOC) boş direktori Sulton bin Ahmad Al-Jobir uning mamlakati bahsli masalalarda konsensusga erişmoqçi ekanligini aytdi. U konferensiya maqsadini “muvozanatli, ammo ayni paytda ulkan natija” deb atadi.