Özbekiston Xalqaro valuta jamğarmasiga 1992 yilning 21 sentabrida a’zo bölgan. 1993 yil sentabrda Toşkentda XVJ vakolatxonasi oçiladi. Ammo 90-yillar oxiriga borib, Özbekiston hukumati va XVJ örtasidagi munosabatlar sovuqlaşa boşlaydi. Xalqaro bozorda mamlakatning asosiy eksport mahsulotlari hisoblangan oltin va paxta narxi sezilarli arzonlaşadi. Bu esa mamlakatda valuta nazorati va taşqi savdo siyosatida proteksionizm kuçayişiga sabab böladi. Rasmiy kurs va norasmiy bozor kursi örtasida katta tafovut yuzaga kela boşlaydi.
2001 yilda Xalqaro valuta jamğarmasining Özbekistondagi vakili sifatida faoliyat olib borgan Kristofer Rozenberg Karimov hukumatining olib borayotgan siyosati barqaror emasligi va iqtisodiy izolyatsiya kuçayib borayotgani sababli fondning Özbekistondagi vakolatxonasi faoliyati töxtatilişini ma’lum qiladi.
Özbekistonda hokimiyat almaşinuvidan keyin boşqa xalqaro taşkilotlar bilan bölgani kabi, XVJ bilan ham munosabatlar yaxşilana boşlaydi. 2017 yil sentabr oyidan valuta kursini talab va taklifga asosan erkin belgilaş tartibi joriy etildi. Öşa yilning 19 sentabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va XVJ boşqaruvçi direktori Kristin Lagard örtasida ikki tomonlama uçraşuv bölib ötdi va bir qança kelişuvga erişiladi.
XVJ qanday taşkilot?
Xalqaro valuta jamğarmasi – BMTning ixtisoslaşgan taşkiloti hisoblanib, 1944 yil 22 iyulda Bretton-Vudsda ötkazilgan konferensiyada valuta-moliya munosabatlarini tartibga soliş maqsadida taşkil etilgan. 1947 yil mart oyidan öz faoliyatini boşlagan. Bugungi kunda 190 ta taşkilot a’zo hisoblanadi va XVJning moliyaviy zaxiralari mazkur davlatlarning badal pullari evaziga şakllantiriladi. A’zolik badali mamlakatlar iqtisodiyotining nisbiy hajmidan kelib çiqib belgilanadi.
XVFning asosiy vazifalari:
- mamlakatlar örtasidagi qat’iy belgilangan valuta kursi tartibini nazorat qiliş va bu orqali milliy hukumatlarga valuta kurslarini boşqarişda yordam beriş, valutalar kursi barqarorligiga kömaklaşiş;
- makroiqtisodiy barqarorlikka erişiş va qaşşoqlikni kamaytirişga yordam beriş;
- xalqaro savdo kengayişi va muvozanatli ösişi uçun qulay şaroitlarni yaratiş;
- a’zo mamlakatlarga öz tölov balanslarini tiklaş, şuningdek, ularning xalqaro tölov balanslari taqçilligi davomiyligi va miqdorini qisqartiriş uçun muddatli moliyaviy mablağlar beriş;

















