MK xabariga köra, 47 yoşli Özbekiston fuqarosi Uluğbek Moskva yaqinidagi xususiy pivo zavodiga boğbon sifatida işga qabul qilingan.

Boşliq uni işlaşi uçun qoldirib ketgan, qaytib kelgaç esa topa olmagan.

Keyinroq uning oldiga xodim kelib, boçkalardan birining qopqoği oçiq ekanini, xamirturuş quyadigan kran ham oçiq qoldirilganini, polga xamirturuş tökilganini aytgan.

Ular 2 ming litr hajmli boçka içiga qaraganda, uning tubida boğbon murdasini körişgan.

Şifokorlar xulosasiga köra, migrant karbonat angidriddan zaharlaniş oqibatida ölgan. Taxminlarga köra, u pivo içişga qaror qilgan, lekin qopqoqni oçgaç, boşi aylanib, tubiga qulagan.