Kaxovka GES töğoni vayron qilingandan söng, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga falokat oqibatlarini bartaraf etişda yordam beradi va ba’zi zarur jihozlarni yetkazadi, dedi seşanba, 6 iyun kuni Yevrokomissiya (YeK) raisi Ursula fon der Lyayyen.
"Yevropa bizning fuqarolik himoyasi mexanizmimiz orqali yordamni safarbar qilmoqda. Biz a’zo davlatlar bilan suv nasoslari, öt öçiriş şlanglari, mobil suv tozalaş inşootlari, qayiqlarni tezda yetkazib berişni muvofiqlaştirmoqdamiz ", deb yozdi fon der Lyayyen Twitter'da.
"Rossiya Ukrainada sodir etilgan harbiy jinoyatlar uçun tölaşi kerak böladi. Töğonning vayron bölişi, fuqarolik infratuzilmasiga dahşatli hujum Xerson viloyatining minglab aholisini xavf ostiga qöyadi", - dedi YeK rahbari.
Yevropa Ittifoqi Kaxovka GES töğonining vayron qilinişini qoralab, sodir bölgan voqeada Rossiyani aybladi. "Rossiyaning Ukraina muhim fuqarolik infratuzilmasiga qilgan hujumlari bugun Kaxovka GESning vayron bölişi bilan misli körilmagan darajaga yetdi. Yevropa Ittifoqi bu hujumni eng keskin tarzda qoralaydi. Bu vahşiyliklarning yangi kölamini ifodalaydi va qonunbuzarlik sifatida baholanişi mumkin”, - dedi Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça Oliy vakili Jozep Borrel va inqirozlarni boşqariş böyiça Yevropa komissari Yanez Lenarçiç qöşma bayonotida.


















