SES sohasida qo‘llangan jarimadan tushadigan puldan foydalanish tartibi e’lon qilindi
Sanitariya-epidemiologiya qonunchiligini buzganlik uchun qo‘llangan jarimalardan tushadigan mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz
Nizom sanitariya qoidalarini buzganlik uchun qo‘llangan jarimalaridan tushadigan mablag‘larni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Jarima mablag‘lari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi (Sanepidqo‘m), uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlarining budjetdan tashqari hisobvaraqlariga undiriladi.
Jarima mablag‘lari tegishliligiga ko‘ra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlarida ochilgan Sanepidqo‘m, uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida jamlanadi va ushbu Nizomda belgilangan maqsadlar bo‘yicha sarflanadi.
Jarima mablag‘larining yig‘ilishi va sarflanishi milliy valutada amalga oshiriladi.
Jarima mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
- sanitariya-epidemiologiya qonunchiligini buzganlik uchun qo‘llanadigan jarimalar summasidan va jarimalarni to‘lash kechiktirilganligi uchun hisoblangan penyalardan tushgan mablag‘larning 50 foizi;
- nazorat tadbirlari boshqa davlat organlari bilan birgalikda amalga oshirilganda, jarima hamda jarimalarni to‘lash kechiktirilganligi uchun hisoblangan penyalardan tushgan mablag‘larning 25 foizi.
Hududiy boshqarma va bo‘limlar tomonidan sanitariya-epidemiologiya qonunchiligini buzganlik uchun qo‘llangan jarima mablag‘larining 30 foizi Sanepidqo‘m hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Jarima mablag‘lari quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi:
Sanepidqo‘m, uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan undirilgan jarima mablag‘larining tegishliligi bo‘yicha umumiy summasidan:
a) 75 foizi sanitariya-sog‘lomlashtirish va epidemiyalarga qarshi kompleks tadbirlar o‘tkazish, jumladan:
- yuqumli kasalliklar o‘choqlarida epidemiyaga qarshi vaqtinchalik otryadlarni tashkil etish va ularni ta’minlab turishga;
- vabo va boshqa o‘ta xavfli infeksiyalar o‘choqlarini tugatish bilan bog‘liq maxsus tadbirlar o‘tkazishga;
- yuqumli kasalliklar bilan kasallanish oshganida yoki ularning tarqalishi xavfi tug‘ilganda ishlarning zarur hajmi doimiy ishlovchi tarmoqlar bilan ta’minlanishi mumkin bo‘lmagan hollarda rejadan tashqari epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazishga;
- vaksinalar, ozuqa muhitlari, bakteriya-faglar, immunoglobulinlar, diagnostikumlar, zardoblar, dezinfeksiya vositalari, kimyoviy reaktivlar, tibbiy jihozlar, laboratoriya asboblari uskunalarini xarid qilishga, hamda ularni ta’mirlashga, epidemiyaga qarshi tadbirlarda infeksiya o‘choqlariga chiqish bilan bog‘liq xizmat safarlari xarajatlarini qoplashga;
- xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga;
- Sanepidqo‘m, uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq holda, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etishga;
- Sanepidqo‘m faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun ham sarflanishi mumkin.
b) 25 foizi Sanepidqo‘m va uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan amalga oshirilgan tekshiruvlarning samarali natijalari bo‘yicha hissa qo‘shgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadlariga, shu jumladan:
- alohida muhim topshiriqlarni bajargan xodimlarga, ishining natijalari bo‘yicha, lavozim maoshining bir baravari miqdorida individual mukofotlashga;
- xodimlarni O‘zbekistonda belgilangan umumxalq bayramlari munosabati bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravarigacha miqdorida mukofotlashga;
- mehnat ta’tili davrida salomatligini tiklash maqsadida bir oylik ish haqi miqdorida moddiy yordam berishga.
Jarima mablag‘lari o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi bo‘yicha ishlatiladi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 00:20
-
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi
Jahon | 23:40 / 31.03.2025
-
Germaniyada bankir tovuqlar ijarasi bilan shug‘ullanish uchun ishdan bo‘shadi
Jahon | 23:24 / 31.03.2025
-
Andijonda masjidda gaz portladi. Asosiy ma’lumotlar
O‘zbekiston | 23:19 / 31.03.2025
Mavzuga oid

15:50 / 27.03.2025
Ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlar 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

19:51 / 24.03.2025
Markaziy bank 5 ta bankni jarimaga tortdi

12:45 / 22.03.2025
Sirdaryoda “GAI” xodimining suratini uni obro‘sizlantirish maqsadida tarqatgan qiz jarimaga tortildi

20:39 / 17.03.2025