YeK Polshaning Rossiya ta’siri to‘g‘risidagi qonunini tekshiryapti
Polshada Rossiyaning respublikadagi xavfsizlikka ta’sirini o‘rganuvchi komissiya tuzish to‘g‘risida qabul qilingan qonun Yevropa qonunchiligini buzadi, deb hisoblaydi Bryussel.
Yevrokomissiya (YeK) Polshada “Rossiya ta’siri” bo‘yicha tergov komissiyasini tuzish to‘g‘risida qabul qilingan qonun tufayli unga qarshi rasmiy tergov boshladi, deb xabar berdi 7 iyun, chorshanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida YeK raisi o‘rinbosari Valdis Dombrovskis. "Biz Polshadagi vaziyatni muhokama qildik va kengash Rossiya ta’sirini o‘rganish komissiyasi to‘g‘risidagi yangi qonun bo‘yicha rasmiy xabarnoma yuborish orqali surishtiruv jarayonini boshlashga qaror qildi", dedi u.
Yevrokomissiya yaqinda Polsha prezidenti Anjyey Dudaning qonunga o‘zgartirish kiritish taklifiga qaramay, shunday chora ko‘rdi. Tuzatish komissiya a’zolari Rossiya ta’siri ostida bo‘lgan shaxslar uchun davlat xizmatiga 10 yillik taqiqni bekor qiladi, biroq komissiyaning boshqa vazifalari o‘z kuchida qoladi.
Bungacha, 29 may kuni Duda Rossiyaning so‘nggi 15 yil ichida respublika xavfsizligiga ta’sirini o‘rganuvchi komissiya tuzish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Taxminlarga ko‘ra, komissiya “Rossiya ta’sirida bo‘lishi va respublika zarariga olib kelishi mumkin bo‘lgan, 2007 yildan 2022 yilgacha bo‘lgan davrda davlat amaldorlari va yuqori martabali rahbarlarning faoliyatini” tekshiradi. Komissiyaga prokuratura va sud vakolatlari berilgan. Unda mansabdor shaxslarga nisbatan jazo choralari qo‘llash, jumladan, ularni siyosiy lavozimlardan chetlashtirish mumkin bo‘ladi.
Yangi qonun Yevropa Ittifoqida keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi. Adliya bo‘yicha Yevropa komissari Dide Reyndersning aytishicha, ushbu qonunning qabul qilinishi katta tashvish uyg‘otadi. Rasmiyga ko‘ra, qonun maxsus komissiyaga Polsha fuqarolarini sud nazoratisiz davlat lavozimlariga saylanish huquqidan mahrum qilish imkoniyatini beradi.
Mavzuga oid
18:09 / 12.11.2024
Polsha Bosh shtabi boshlig‘i Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
13:14 / 09.11.2024
Polsha: RF maxsus xizmatlari AQShga reyslarda portlashlar tayyorlagan bo‘lishi mumkin
23:43 / 05.11.2024
Polshada AQSh va Kanada reyslarida terakt uyushtirishni reja qilgan «GRU» agentlari qo‘lga olindi
23:56 / 04.11.2024