SSV jazirama kunlarda qahva ichishdan voz kechishni tavsiya etdi
Yildan yilga yoz mavsumida havo harorati yuqorilab bormoqda. Albatta, bunga qator texnogen va tabiiy omillar ta’sir qilyapti. Bunday sharoitda insonlar anomal issiq ob-havoda yashashga ko‘nikishiga to‘g‘ri keladi. Xo‘sh, yoz chillasini qanday o‘tkazish kerak?
— Issiq havoda tabiiy, yorqin rangdagi, paxta matosidan bo‘lgan kiyimlarni kiyish maqsadga muvofiq, — deydi Olmazor tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Azizbek Nizamov. — Mavsumga mos bunday liboslar terining nafas olishiga imkon yaratadi, tana qizib ketishining oldini oladi.
Iloji boricha to‘g‘ri tushayotgan quyosh nuridan saqlanishga harakat qilish va bosh kiyim kiyib yurish lozim.
Quyosh nuri soat 12:00 dan 16:00 gacha juda faol holatda bo‘ladi. Shuning uchun bu vaqt oralig‘ida ko‘chaga chiqishni rejalashtirmagan ma’qul.
Ammo tashqariga chiqishga zarurat bo‘lsa, tananing ochiq joylarini quyosh nuridan asrashga harakat qilish kerak.
Issiq ob-havoda organizmda suv balansi buziladi hamda ko‘p namlik yo‘qotiladi. Shuning uchun jaziramada kuniga 3 litrdan kam bo‘lmagan miqdorda suyuqlik ichish zarur.
Yoz kunlari chanqoqni olcha, olma va nordon mevalardan tayyorlangan sharbatlar, ayron hamda limonli suvlar bosadi.
Jazirama kunlarda qahvadan voz kechgan ma’qul. Chunki u issiq kunda charchoqni oshiradi.
Shirin va gazlangan ichimliklar ham tavsiya etilmaydi.
Issiq ob-havoda spirtli ichimliklardan tiyilish kerak.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
O‘zbekiston | 10:12
-
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi
Jamiyat | 09:55
-
Mers: Netanyahu XJS orderiga qaramay, Germaniyaga tashrif buyurishi mumkin
Jahon | 09:51
-
Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
Jamiyat | 09:27
Mavzuga oid

17:23 / 14.05.2025
Jaziramada organizmni qanday himoyalash lozim? – SSV tavsiyalari

21:13 / 10.12.2024
Dunyoda qahva narxi rekord darajada qimmatlashdi

17:34 / 10.12.2024
Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi – tadqiqot

00:37 / 25.11.2024