Amerika Qöşma Ştatlarining mamlakatdagi favqulodda va muxtor elçisi Jonatan Henikning Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida 2022 yilda turistik va işbilarmonlik vizasi sörab murojaat qilgan özbekistonliklarning 47 foiziga nima uçun rad javobi berilgani, AQŞga noqonuniy yöllar bilan borişning oqibatlari, qaysi turdagi vizalar uşbu mamlakatda işlaş huquqini berişi haqida söz boradi.
2022 yilda AQŞning Toşkentdagi elçixonasi öziga murojaat qilgan Özbekiston fuqarolarining 47,04 foiziga B toifali vizalar (sayyohlik va işbilarmonlik vizalari) berişni rad etgan. Bu haqda AQŞ Davlat departamenti hisobotida aytiladi. Bu körsatkiç böyiça Özbekiston Markaziy Osiyo davlatlari içida 2-örinni egallagan, hatto Turkmaniston fuqarolari ham özbekistonliklardan köproq viza olişgan.
“Men vizalar sonini qiyoslaşdan tiyilaman, çunki boşqa davlat fuqarolariga berilgan vizalar statistikasidan bexabarman. Sizga şuni aytişim mumkinki, 2022 yilda koronavirus pandemiyasi kuzatilgan yillarga nisbatan köproq viza talabgorlari bilan suhbat ötkazdik va 2019 yildagiga qaraganda 2022 yilda ança köp viza ajratdik.
Bilasizki, pandemiyadan keyin elçixonamiz ayni paytga kelib töliq iş rejimiga qaytgan va har qaçongidan köproq odamlarni suhbatdan ötkazmoqdamiz. Viza talabgorlari har qaçongidan ham köpayib boryapti va bu har yili köpdan köp odamlar – ular talaba böladimi yoki tadbirkor, bundan qat’i nazar AQŞga intilayotganining ijobiy belgisi hisoblanadi. Biz manfaatlarimiz yölida imkon qadar köproq aloqalar örnatgan holda Qöşma Ştatlarga imkoniyatlarimiz darajasida köproq sayohat qilişni rağbatlantirişni istaymiz. Afsuski, viza talabgorlarining barçasiga viza berişning iloji yöq va doim kimlargadir rad javobi beriladi.
Kimgadir viza berilgan taqdirda ham biz uşbu şaxs haqiqatan ham Qöşma Ştatlarga qonuniy yöl bilan boradimi yoki, yöq, buni bilmaymiz. U öz vizasi muddatini uzaytirişni sörab murojaat qilişi ham mumkin. Agar AQŞga borgan şaxs mamlakatda böliş huquqini beruvçi viza muddatini uzaytirişni sörab murojaat qilgudek bölsa, AQŞ hukumatidan bu haqda bizga xabar kelib tuşadi. Bu esa bizga kim Qöşma Ştatlarda qonuniy asosda sayohat qilayotganini, kimlar esa katta ehtimol bilan AQŞga noqonuniy faoliyat uçun borayotganini yaxşiroq tuşuniş imkonini beradi”, deya ta’kidlagan elçi.

















