Şvetsiyalik ekofaol Greta Tunberg 9 iyun, juma kuni atrof-muhitni himoya qiliş uçun maktab öquvçisi sifatida sönggi norozilik namoyişini ötkazdi.

"Maktab öquvçisi sifatidagi namoyişlarning 251-haftasi. Bugun men maktabni tugatmoqdaman, şu sababli endi iqlim uçun norozilik namoyişi ötkazolmayman. Şuning uçun bu mening maktabdagi oxirgi namoyişim", - deb yozdi Tunberg Twitter sahifasida.

Şu bilan birga, 20 yoşli faol juma kunlari norozilik namoyişlarini davom ettirişiga işontirdi, garçi texnik jihatdan bu endi maktab namoyişlari bölmaydi. "Qölimizdan kelganini qilişdan boşqa ilojimiz yöq. Jang endigina boşlandi", dedi u.

2018 yil avgust oyida, Şvetsiyadagi parlament saylovlaridan bir hafta oldin, Greta Tunberg Stokholmda iqlim böyiça birinçi aksiyasini ötkazdi. 15 yoşli maktab öquvçisi siyosatçilarni Yerdagi harorat Tselsiy böyiça bir yarim darajadan ortiq kötarilişiga yöl qöymaslik uçun şoşilinç çoralar körişga majburlamoqçi bölgan. Tez orada Gretadan örnak olgan dunyo böylab boşqa maktab öquvçilari ham juma kunlari maktabni taşlab, iqlim böyiça namoyiş ötkazişdi.