Çilonzor tuman IIBda tergov qilinayotgan 21 yoşli yigit 4-qavatdagi hojatxona derazasidan özini taşlab, olgan jarohatlari tufayli şifoxonada vafot etgani aytilgandi. Advokat Abdumalik Abdullayevning xabar berişiça, tergovga qadar tekşiruv hujjatlari bilan tanişib çiqqan Çilonzor tumani prokurori holat yuzasidan Jinoyat kodeksining  208-moddasi (Hokimiyat harakatsizligi) bilan jinoyat işi qözğatiş töğrisida qaror qabul qilgan.

Tergovga qadar tekşiruv hujjatlarida qayd etilişiça, 21 may kuni “Erkin” YPX nazorat punktidan ötayotgan maşina yölovçilaridan birining yonidan töq jigarrangdagi mumsimon modda topilgani, sudga oid kriminalistik ekspertizada uşbu modda gaşiş giyohvandlik moddasi ekani aniqlangani, şundan söng Çilonzor tuman IIBning vaqtinça saqlaş xonasida saqlab turilgan 21 yaşar yigit tuman IIB FMB JQB giyohvandlikka qarşi kuraşiş bölimi katta tezkor vakili B.Jörayevning xizmat xonasiga olib çiqiladi.

Hujjatda tezkor vakillar B.Jörayev, Ş.Hamidov, X.Ahmedovlar uni söroq qilayotgan paytda gumonlanuvçi hojatxonaga olib borişlarini söraydi. B.Jörayev uni hojatxonaga olib borgani, şunda yigit hojatxona derazasidan bino yonidagi bir qavatli oşxona tomiga sakragani, tomdan boşi bilan yerga qulab, jiddiy jarohat olgani, şifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, 29 may kuni uning joni uzilgani ta’kidlanadi.

Hafizulloh Turğunovning vafot etişida tuman IIO FMB mansabdor şaxslarining harakatlarida hokimiyat harakatsizligi, ya’ni davlat organi mansabdor şaxsining öz xizmat vazifasi yuzasidan bajarişi lozim yoki mumkin bölgan harakatlarni qasddan bajarmasligi oqibatida fuqarolarning huquq-manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilişi, bunda jinoyat alomatlari borligini tekşiriş va huquqiy baho beriş uçun guvohlarni söroq qiliş, yuzlaştiriş, ularning körsatmalarini voqea joyida tekşiriş maqsadida 9 iyun kuni tuman prokurori taşabbusi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Dastlabki tergov harakatlari Çilonzor tumani prokuraturasi tergovçisiga yuklatilgan.

Eslatib ötamiz, tergovga jalb etilgan fuqaroning ölimi jamoatçilik örtasida rezonansga sabab bölgan, marhumning yaqinlari rasmiy bayonotdagi tafsilotlarga işonmagan, holat aks etgan videoni körsatişni talab qilişgandi