Özbekiston taşqi işlar vazirining örinbosari Ğayrat Fozilov 7 iyun kuni Buyuk Britaniya davlat kotibining taşqi işlar, Hamdöstlik masalalari va xalqaro taraqqiyot böyiça parlamentar örinbosari Leo Dokerti bilan muzokaralar ötkazdi.

TIV ma’lumotiga köra, suhbat çoğida siyosiy, iqtisodiy, savdo-investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, fan-ta’lim va boşqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning keng kölamli masalalari muhokama qilindi.

Bölajak qöşma tadbirlar, jumladan, TIVlararo siyosiy maslahatlaşuvlarning navbatdagi raundi böyiça takliflar körib çiqildi.

Ikki mamlakat taşqi siyosat idoralari rahbarlari örinbosarlari mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş, ekologik yönalişdagi şeriklikni mustahkamlaş masalalari, şuningdek, xalqaro kun tartibining ayrim jihatlarini ham muhokama qildilar.

Bundan oldin Özbekiston Buyuk Britaniyadagi mehnat migrantlari soni böyiça yetakçilar qatoriga kirgani xabar berilgandi.

2022 yilda Buyuk Britaniya hukumati Özbekiston va Qirğizistondan kelgan muhojirlarga 6000 dan ortiq mehnat vizasi bergan, bu ularning umumiy sonining deyarli törtdan bir qismidir. Bu yil Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan muhojirlar soni yanada ortişi mumkin. 

Buyuk Britaniyadagi mavsumiy mehnat muhojirlari soni böyiça Özbekiston Ukrainadan keyin ikkinçi örinni egalladi. Qirğiziston esa törtinçi örinda qayd etildi.