2023 yil mart oyi örtalarida Haagadagi Xalqaro jinoyat sudi (XJS) Putinni hibsga olişga order berdi: u Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy ravişda deportatsiya qilişda gumon etilmoqda. Biroq, XJS Moskva ratifikatsiya qilmagan Rim statuti asosida işlaydi va şunga köra, Rossiya uning yurisdiksiyasini tan olmaydi.  

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bir neça bor Rossiyaning harbiy jinoyatlarini tergov qiliş uçun xalqaro tribunal tuzişni taklif qilgan. Uni Yevropa komissiyasi va AQŞ qöllab-quvvatlamoqda: AQŞ Senati allaqaçon rossiyalik amaldorlarni insoniyatga qarşi jinoyatlar uçun javobgarlikka tortadigan xalqaro sud organini yaratiş loyihasini körib çiqmoqda. Ukraina taşabbusini rossiyalik 26 nafar huquqşunos va huquq faollari ham qöllab-quvvatladi. Ular Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini agressiya deb hisoblaydi va tergovga yordam berişga tayyor. Iyun oyida ular «Bryussel deklaratsiyasi»ni imzoladilar. Meduza hujjat matnini taqdim qildi. 

«Bryussel deklaratsiyasi» 

Rossiya rejimining Ukrainaga qarşi boşlagan tajovuzkor uruşi Yevropadagi xalqaro tinçlik va xavfsizlikka, inson huquqlari va xalqaro qonunlar hurmatiga putur yetkazdi. Biz Kreml boşlagan jinoiy uruşni keskin qoralaymiz. U Birlaşgan Millatlar Taşkilotining ikki asosiy organi - Boş Assambleya va Xalqaro Sud qarorlariga zid ravişda davom etmoqda. Bundan taşqari, biz Ukraina böyiça Xalqaro mustaqil tergov komissiyasining Rossiya tomonidan uşbu qurolli mojaro davomida harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarşi jinoyatlar sodir etgani haqidagi xulosalarini e’tiborga olamiz. 

Barqaror tinçlikning ajralmas şarti bölgan adolatni qaror toptirişni biz bu mudhiş jinoyatlar qurbonlari oldidagi ma’naviy burçimiz, deb bilamiz. Uşbu jinoyatlarning aybdorlari, jumladan, tegişli xalqaro mexanizmlar orqali javobgarlikka tortilişi kerak. Şu munosabat bilan biz Xalqaro jinoyat sudi prokurorining Ukrainadagi vaziyat böyiça tergovini qöllab-quvvatlaymiz. Biz Rossiya rasmiylarining XJS prokurori va sudyalariga qarşi tahdidlarini rad etamiz. 

Biz boşqa xalqaro jinoyatlarning keng miqyosda sodir etilişiga imkon yaratgan bosqinçilik jinoyatining markaziy rolini tan olamiz. Agressiv uruşni rejalaştirgan, tayyorlagan va davom ettirayotgan siyosiy va harbiy rahbarlarni, şuningdek, ularning şeriklarini jinoiy javobgarlikka tortiş köp sonli qurbonlar uçun adolatni ta’minlaş uçun zarurdir. 

Eslatib ötamiz, bosqinçilik uruşini rejalaştiriş, tayyorlaş, boşlaş va olib boriş umumiy xalqaro huquq, şuningdek, Ukraina va Rossiya qonunçiligiga muvofiq jinoyat hisoblanadi.