Naşrning yozişiça, Qatardan kelgan taklif klubga boşqa da’vogar Jim Retkliff taklifidan köra foydaliroq bölib çiqqan. Kelişuv yaqin kunlarda rasman e’lon qilinadi.
Taklif şayx Jassimning Foundation 92 jamğarmasi orqali tuşdi, u futbol jamoalari, maşğulotlar majmuasi, stadion va infratuzilma, muxlislar va klubni qöllab-quvvatlovçi jamoalarga sarmoya kiritadi.
Bir yil avval «Mançester Yunayted»ga egalik qiluvçi amerikalik tadbirkorlar Gleyzerlar oilasi klubni sotmoqçi ekani ma’lum bölgandi. Bitim 6-7 milliard funt sterlingga baholangan.
«Mançester Yunayted» ötgan mavsumda 75 oçko bilan APLda uçinçi örinni egalladi va Çempionlar ligasiga yöllanma oldi. «Mançester Siti» çempion böldi (89).
Avvalroq, Angliyaning «Mançester Siti» klubi boş murabbiyi Xosep Gvardiola Çempionlar ligasi finalida «Inter» ustidan qozonilgan ğalabadan söng (1:0) ser Aleks Fergyusonning trebli takrorlanişi haqida gapirgandi.
















