2023 yil may oyida Özbekiston soğliqni saqlaş vazirligi delegatsiyasi Qöşma Ştatlarga xizmat safari çoğida xuddi şu yönalişda Amerikaning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qilgan edi.

Bu muhim kelişuvlar bugungi kunga kelib öz amaliy natijalarini bera boşladi. Xususan, AQŞning Pensilvaniya ştati, Filadelfiya şahrida joylaşgan Templ universiteti klinikasi hamkorlik uçun öz eşiklarini oçdi.

Yuqori reyting körsatkiçlari, 125 yillik tajriba va 750 örin-joyga ega uşbu yirik hamda nufuzli muassasa onkourologiya yönalişidagi innovatsion muolaja usullari bilan maşhur. Xususan, bu yerda yuqorida söz yuritilgan robot-jarrohlardan 8 tasi mavjud. Ular yordamida kuniga 10-15 ta murakkab operatsiya muvaffaqiyatli bajarilmoqda.

«Aslida, mazkur texnologiya Özbekiston uçun ham yangilik emas. Ötgan yili Koreya Respublikasining Meere kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan Revo-i rusumli robot-xirurg ilk bor mamlakatimizga olib kelinib, poytaxtimizdagi Shox International Hospital’ga örnatilgan edi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

Oradan 9 oyga yaqin vaqt ötib, nafaqat Özbekiston, balki Markaziy Osiyoda ham noyob bölgan uşbu robot-jarroh orqali 84 nafar bemor innovatsion usulda oğir darddan xalos böldi.

Mamlakat tibbiyoti tarixida ilk bor «temir şifokor» yordamidagi operatsiyalarni boşlab bergan va mazkur texnologiyaga operatorlik qilgan onkoxirurg Zarifxöja Bahodirxonov hozir AQŞning Filadelfiya şahrida bölib turibdi. U Templ universiteti klinikasi taklifiga binoan uşbu tibbiyot muassasasida davlat hisobidan malaka oşirmoqda.

Mutaxassis zamonaviy xirurgik texnologiyalar böyiça şu paytgaça Italiya, Germaniya, Xitoy va Turkiyaning nufuzli klinikalarida tajriba orttirgan. Qolaversa, Soğliqni saqlaş vazirligi kömagida aynan Revo-i robot texnologiyasi böyiça Koreyada ikki marta bilim va mahoratini boyitib qaytgan.