BMT ma’lumotlariga köra, 2022 yilda mojarolar, ta’qiblar, zöravonliklar va inson huquqlari buzilişi tufayli dunyo miqyosida 108,4 million kişi öz uyini taşlab ketişga majbur bölgan, bir yil oldin bu körsatkiç 20 million edi. Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Qoçqinlar böyiça oliy komissar boşqarmasi tomonidan 14 iyun, çorşanba kuni e’lon qilingan yillik Global tendensiyalar hisobotiga köra, 2023 yilning mayiga kelib, dunyo böylab qoçqinlar soni 110 million kişiga yetişi mumkin.

Bu körsatkiç keskin ösişining asosiy sababi Ukrainadagi uruşdir. Ukrainadan qoçqinlar soni 2021 yil oxiridagi 27,3 mingdan 2022 yil oxiriga kelib 5,7 millionga köpaydi. BMT Qoçqinlar böyiça komissarligi ma’lumotlariga köra, bu Ikkinçi jahon uruşidan keyingi eng tez emigratsiya tölqinidir. Bundan taşqari, 2022 yilda dunyo böylab köçirilganlar sonining köpayişi Afğonistondan qoçqinlar, şuningdek, boşqa harbiy mojarolar, ayniqsa, Sudan bilan boğliq.

Şu bilan birga, qoçqinlarning aksariyati dunyoning eng boy davlatlari tomonidan qabul qilinmagan. BMT qayd etişiça, majburiy muhojirlarning beşdan bir qismidan köproği 46 ta kam rivojlangan mamlakatlarda joylaşgan. Unga köra, 2022 yilda bu mamlakatlar qoçqinlarni qabul qiliş bilan boğliq ehtiyojlarni qondiriş uçun yetarli mablağ bilan ta’minlanmagan. «Bizga köproq xalqaro kömak va mas’uliyatni adolatli taqsimlaş kerak», dedi BMTning qoçqinlar böyiça oliy komissari Filippo Grandi.

Hisobotga köra, 2022 yilda 339 mingdan ortiq qoçqin öz vatanlariga – 38 davlatga, xususan, Janubiy Sudan, Suriya, Kamerun va Kot-d'Ivuarga qaytgan. Içki köçirilganlar orasida Efiopiya, Myanma, Suriya, Mozambik va Kongo Demokratik Respublikasida 5,7 million kişi öz uylariga qaytdi.