DXX Xorazm viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari va viloyat içki işlar boşqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar ötkazildi.

“Xorazm yöl quriliş” MÇJda bölim boşliği lavozimida işlovçi şaxs Xiva tumanidagi oilaviy korxonaga tegişli 8500 kvadrat metr yer maydoniga heç qanday hujjat rasmiylaştirmasdan, asfalt yotqizib beriş evaziga korxona rahbaridan 1 mlrd 306 mln söm talab qilib, şundan 48 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlandi.

Şuningdek, Davlat kadastrlari palatasining Xiva tuman filiali xodimi özining qaynotasi nomida bölgan 4000 kvadrat metr yer maydoni 2021 yilda xaridorga notarial tartibda sotilganligini bila turib, göyoki uşbu yer maydonida uning ham uluşi bölganligini rökaç qiliş orqali, yerni sotib olgan fuqarodan öz uluşi sifatida 60 ming AQŞ dollar talab qiladi. Ötkazilgan tezkor tadbirda u söralgan pulni tanişi orqali olgan vaqtida uşlandi.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilgan.