Suhbat davomida tomonlar örtasida töqimaçilik mahsulotlari savdosini kengaytiriş, özaro hamkorlikda qöşma loyihalarni amalga oşiriş hamda özbek töqimaçilik mahsulotlarini arab dunyosi va Afrikaning boşqa davlatlariga eksporti kölamlarini kengaytiriş bilan boğliq masalalar muhokama qilindi.
Xusam Jabr Özbekiston töqimaçilik kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik qilayotgani haqida töxtalar ekan, hozirgi paytda yuqori sifatli gazlamalarni xarid qilayotgani va kelajakda import hajmini yanada kengaytirişga tayyor ekanligini bildirdi. Uning ma’lum qilişiça, Özbekistonda paxtaga işlov beriş, ip-kalava va matolar işlab çiqariş jarayonlari zamonaviy texnologiya asosida amalga oşirilayotgani bois töqimaçilik mahsulotlari yuqori sifatliligi bilan ajralib turişini alohida ta’kidladi.
Özbekistondagi yirik kompaniyalar iş faoliyati bilan tanişiş, samarali hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantiriş masalalarini muhokama etiş maqsadida Davron Vahobov Xusam Jabr va unga hamrohlik qiluvçi vakillarni joriy yil 7-10 iyul kunlari mamlakatga taşrif buyurişga taklif etdi. Bölajak taşrifning taşkiliy masalalarini diplomatiya kanallari orqali hal etişga kelişib olindi.
















