Missiyani elçi Ursula Gaçek boşqaradi. Missiya Toşkentda joylaşgan 11 nafar xalqaro ekspert va 24 nafar uzoq muddatli kuzatuvçidan iborat asosiy guruhdan iborat bölib, ular 14 iyundan boşlab butun mamlakat böylab joylaştiriladi. DIIHB, şuningdek, saylov kunidan bir neça kun oldin keladigan 250 nafar qisqa muddatli kuzatuvçilarni jalb etişni rejalaştirmoqda.

Missiya saylovlarning YeXHT va boşqa xalqaro majburiyatlar, demokratik saylovlar ötkaziş standartlariga hamda milliy qonunçilikka muvofiqligini baholaydi.

Kuzatuvçilar saylov kunigaça ham, keyin ham saylovning barça jabhalarini diqqat bilan kuzatib boradi. Aniq yönalişlar qatoriga normativ-huquqiy bazani amalga oşiriş, saylovoldi taşviqot, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda, barça darajadagi saylov komissiyalari faoliyati, saylovga oid nizolarni hal etiş va ommaviy axborot vositalarida yoritiş kiradi. Kuzatuvçilar DIIHBning saylovlar böyiça oldingi tavsiyalarining bajarilişini ham baholaydilar.

Missiya saylovdan keyin matbuot anjumani ötkazib, dastlabki xulosalarni taqdim etadi. Butun saylov jarayonini baholovçi va tavsiyalar beruvçi yakuniy hisobot saylovdan bir neça oy ötgaç e’lon qilinadi.